http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Faxriy konchi xonadonida

on .

Dono xalqimiz azaldan keksa va faxriylarga hurmat-extirom ko’rsatishni ezgu an’analardan hisoblaydi.

Yurtimizda yoshi ulug’ insonlar nafaqat oilada, balki jamiyatda ham mehr-oqibat va g’amxo’rlik bilan qurshab olingan. Xalqimizga xos bu fazilatlar “Olmaliq KMK” AJ faoliyatining ajralmas qismiga aylanib, bugungi kunda kombinatda xayrli ishlar ko’lami yanada keng quloch yozib bormoqda.

Qalmoqqir kon boshqarmasi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolari ushbu azaliy an’anani davom ettirgan holda kuni kecha mehnat faxriysi, uzoq yillar kon boshqarmasida bosh hisobchi sifatida mehnat qilib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan Asya Masifulina xonadonida bo’lishib, muborak 80 yoshi bilan qutlashdi. Guldasta va esdalik sovg’alarini tuhfa etishib, ezgu tilaklar bildirishdi. Salkam 40 yillik umrini Qalmoqqir KB faoliyatiga bahshida etgan onaxon bilan bo’lgan uzoq suhbat davomida zalvorli mehnat yillari yodga olindi. 

Darhaqiqat, keksalarni e’zozlashdek bu kabi ulug’ qadriyatlar xalqimizni jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat vakillarining ahil-inoq yashashiga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech