http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Izimda izdoshlarim bor

on .

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Kovuldi koni rahbariyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida doimo yangiliklarni yaratishga intilib keladi. Ayniqsa, yoshlar bilan faxriylar xonadoniga tashrif va ular bilan maroqli suhbatlar yosh konchilar kamoloti yo’lida o’ziga xos o’rin tutmoqda.

Buzaynab Eshboeva mamlakatimizning eng keksa konlaridan biri bo’lgan Kovuldi konida 35 yildan ortiq samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan onaxonlardan biri. Onaxon to’rt nafar o’g’il-qizlarni voyaga yetkazib, bugun ular ortidan tashakkurlarni eshitish baxtiga muyassar bo’ldi. O’g’illaridan biri Behzod ayni kunda onajonining mehnati singan konda YuEM mashinisti sifatida faoliyat yuritib, kon yutuqlariga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Konchi hamkasblar Yangi  yil arafasida Buzaynab aya xonadoniga tashrif buyurishib, Yangi yil sovg’asini tantanali ravishda topshirishdi va nuroniy onaxonga yana bir bor hurmat va ehtiromlarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech