http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Xotira va qadr

Samarali mehnat munosib taqdirlandi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 70 yil davomida ulkan rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Bu davr ichida kombinat butun dunyo hamjamiyatida o’ziga xos darajada taraqqiy topdi.

Xabaringiz bor, kombinatimiz 70 yilligi munosabati bilan bir qator OKMK jonkuyarlari munosib ravishda mukofotlandilar.

Ular qatorida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi Mexanika-yig’uv sexi ishchisi Mixail Knyazkin ham samarali mehnati uchun Prezidentimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Mixail Knyazkin 49 yildirki MTMZda o’z mehnat yo’lini davom ettirib kelmoqda. Dastlab faoliyatini tokar sifatida boshlagan hamkasbimiz keyinchalik sayqallovchi kasbini puxta egallab, ko’plab yoshlarga kasb sir-sinoatlarini mukammal o’rgatib keldi. Mehnatkash va fidoyi ustoz, jamoada o’z o’rni va hurmat-e’tiborga ega bo’lgan Mixail Knyazkinning shogirdlari bugungi kunda chizmalar asosida val, vtulka, halqa kabi ko’plab detallarga kesuvchi asbob va maxsus moslamalar yordamida ishlov berish va silliqlash vazifalarini bekamu ko’st o’zlashtirgan holda mustaqil uddalab kelishmoqda.

M.Knyazkin o’z kasbini hayotining mazmuni sifatida ko’radi. U kombinat taraqqiyoti yo’lida yosh mutaxassislarga murabbiylik qilishdan charchamaydi. Ustoz hamkasbimizning mehnatlari yurtimiz rahbari tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan e’tirof etilishi korxonamiz jamoasi uchun ham faxr va iftixor namunasi bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Kombinat kelajagi bu kabi fidoyi insonlar mehnati bilan mustahkamligi bizlarni hamisha xushnud etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech