http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Samarali faoliyat asoslari

on .

Shahrimizdagi Kon-metallurgiya kasb-hunar kollejida kombinat O’quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan seminar-trening sanoat korxonalari va kasb-hunar kollejlari o’rtasidagi hamkorlikning yangi qirralarini ko’rsatdi.

“Olmaliq KMK”AJ o’ziga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bilan moddiy-texnika ta’minoti, talabalarning amaliyot o’tashlari va diplom ishi oldi amaliyotini o’tab, ma’lum bir korxonalarga doimiy ishga joylashtirish kabi uyg’unlikdagi hamkorligi so’nggi yillarda kutilgandan yuqori natijalarni bermoqda. Kasb-hunar kollejlarining faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan kompleks tadbirlar ishlab chiqilib, uning ijrosi yo’lida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mazkur ta’lim muassasalari nazariy o’quv mashg’ulotlari sifatini oshirish, o’qitilayotgan sohalar bo’yicha amaliy tajriba va ko’nikmalarini mustahkam asosga qo’yilishidan kollej va korxona ham teng manfaatdor.

Kollejlar pedagog-o’qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari malakasini oshirishga yo’naltirilgan “Ta’lim sohasining muammolari, samarali faoliyat asoslari” deb nomlangan seminar-trening bir qator maqsadli vazifalarni o’z oldiga qo’ygani bilan ham ahamiyatli bo’ldi. O’quv markazi ishlab chiqarish ustasi Baxtiyor Niyozmetov trenerligida o’tkazilgan mashg’ulotda ta’lim sohasining bugungi muammolari, ularning hal etish mexanizmlari, ishchan pedagoglar jamoasini shakllantirish, jamoada hamjihatlik va hamfikrlikni ta’minlash, jamoani boshqarish, ta’lim sifat va samaradorligini oshirish strategiyasi masalalari yuzasidan pedagog-murabbiylar o’z nuqtai nazarlarini bildirish bilan birga taklif va g’oyalari bilan ham o’rtoqlashishdi. O’quv mashg’ulot soatidan unumli foydalanish, o’quv jarayonlari samaradorligini oshirishni qamrab oluvchi seminar mashg’ulotini olib borar ekan O’quv markazi ishlab chiqarish ustasi Anna Xarlamova, ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish, ta’lim jarayonlariga ijodiy yondashishni o’zida mujassam etgan Sase Study uslubiga keng to’xtalib o’tdi. Seminar-trening davomida pedagog-murabbiylar tomonidan o’rtaga tashlangan savollar va ularning yechimiga oid kollej rahbarlarining fikrlari ham tinglanib, keng muhokama qilindi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar e’tirof etilgan holda ularga esdalik sovg’alari topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech