http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Bosh maqsad - iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish

on .

Mamlakatimizning 2017-2021 yillar davomidagi taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi dasturiy hujjat sifatida Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilinishi katta tarixiy voqelik bo’ldi.

Xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilangan ushbu dasturiy hujjat asosida kirib kelgan yilga nom berish va uning negizida aniq vazifalarni belgilab olish xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinadigan yaxshi an’anaga aylandi.

Qabul qilingan Harakatlar strategiyasining maqsadi - olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgandir. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni bajarish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu nuqtai nazardan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshiriladigan, ayni damda keng muhokama etilayotgan Davlat dasturi iqtisodiyotni yuksaltirish va xalq farovonligini oshirishni ezgu maqsad qilib olgani bilan ahamiyatlidir.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishga mamlakatimiz hukumati tomonidan doimo alohida e’tibor qaratilib kelingan. Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida hayotiy qator chora-tadbirlar belgilangan. Bundan tashqari, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy va kommunal xo’jaligini, ijtimoiy infratuzilma obektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo’lida ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida urg’u berilmoqda.

Iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog’ini samarali rivojlantirish, qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga e’tibor qaratilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech