http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Investitsion loyihalar amaliyotga

on .

Prezidentimizning 2016 yil 10 avgustdagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etish to’g’risida”gi hamda 2016 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yil uchun Investitsion dastur to’g’risida”gi Qarorlari asosida “Olmaliq KMK” AJning Markaziy Osiyoda yagona kompleks korxonasi hisoblangan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash jarayoni amalga oshirilmoqda.

Birlashmada mazkur jarayon uch bosqichda bajarilishi belgilab olingan bo’lib, hozirgi kunda birinchi bosqich ishlari olib borilmoqda. Bu haqda birlashmaning investitsion loyihalarni joriy etish va rivojlantirish bo’limi muhandisi Xayrulla Kamalov batafsil ma’lumot beradi.

- Birlashmani modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash dasturi asosida 2017-2021 yillar mobaynida 17,9 mln. AQSH dollarlik jami 12 ta investitsion loyihalar ishlab chiqarishga tatbiq etilishi belgilangan. Molibden tuzlari va konsentratlarini ishlab chiqaruvchi hamda Volfram 3 oksidini ishlab chiqaruvchi gidrometallurgiya sexlarini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, halqasimon burg’ulash dolotlarni, tugatish vositalari va tog’-burg’ulash mahsulotlari uchun qattiq qotishmali mahsulotlarni, yuqori tozalikdagi volfram mahsulotlarni, yuqori tozalikdagi volfram tuzlarini, tugatish vositalari uchun ehtiyot qismlarni, argon payvandlash uchun volfram elektrodlarni va payvandlash uchun volfram-misli elektrodlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, karbid volfram hamda yuqori haroratli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qattiq qotishmalardan vtulka va valokalar ishlab chiqarishni tashkil etish kabi investitsion loyihalar shular jumlasidandir.

“Molibden tuzlari va konsentrati ishlab chiqaruvchi gidrometallurgiya sexini qayta qurish va texnik qayta jihozlash” loyihasi asosida 2018 yilda ishlab chiqarish avtomatlashtirildi. Elektr qismlar bo’yicha R-606, R-261, R-274, R-254 rusumli nasoslarga yuqori quvvatdagi elektrdvigatellar o’rnatildi. Mexanik qism bo’yicha bir qator ishlar bajarildi. Molibden yarim tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish gidrometallurgiya sexini rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish evaziga yiliga 612 tonna molibden olinadi. “Yuqori tozalikdagi volfram tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasiga ko’ra, BN-3 markali burg’ulash nasosi o’rnatildi. 25-30 metrlik bosim ostida soatiga 60-80 m3 aralashma beradigan GNSB 4x3a-9.5J seriyali nasos hamda hajmi 1,5 m3 bo’lgan Nutch-filtr keltirilishi kutilmoqda. Elektr qism bo’yicha deyarli barcha zarur ehtiyot qismlar olib kelingan. “Xalqasimon burg’ulash dolotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi asosida VBU-S-80 markali Rotar uskunasi xarid qilingan. Uskunalar va texnologik jihozlar ishlab chiqarish sexiga STX gamma 2000 TC2nd rusumli tokarlik-frezer uskunasi olib kelinib, ishga tushirilishi bilan xalqasimon burg’ulash dolotlarni ishlab chiqarish o’zlashtiriladi. Shuningdek, KNSH burg’ulash koronkalarini ham to’liq o’zimizda tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Avval ushbu burg’ulash koronkalari Samarqanddagi korxonadan olinar edi. Kovuldi koni, Angren va chodak kon boshqarmalari yer osti konlarida shpurni ochish uchun perfaratorlarning zarur ehtiyot qismi sanalgan burg’ulash koronkasi endilikda o’zimizda tayyorlanadi. Birgina burg’ulash koronkalariga kombinat konlariga yiliga 50 000 dona ehtiyoj bor. Bundan tashqari, “Navoiy KMK” DK tomonidan ham burg’ulash koronkasiga talab yuqori ekanligini hisobga olsak, juda katta mablag’ tejashdan tashqari, foyda ham ko’rish imkoniga ega bo’lamiz. “Karbid volfram ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasiga muvofiq, qattiq kukun va aralashmalarni g’alvirli o’tkazish uchun CB1-0,9 markali K-444 rusumdagi vibrosita uskunasi keltirildi. Ushbu loyiha bilan bog’liq yana bir uskuna - qiyin eruvchi metallardan karbid olish uchun karbidlash termik pechi olib kelinishi kutilmoqda. “Qattiq qotishmalardan vtulka va valokalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasida ko’zda tutilganidek, Kompozit materiallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish sexiga Turkiya davlatidan Kayakos VIB turidagi elektrpech hamda Germaniyadan Multi Grind sayqallash uskunasi, Hindistondan 150 tonnalik gidravlik presslash dastgohi olib kelinib, o’rnatildi. “Yuqori xaroratli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsion loyihasi amalga oshirilsa, yiliga 1000 tonna o’tga chidamli va kislotabardosh keramika mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi. Buning uchun yuqori haroratli gaz kamerali pech, gidravlik press-avtomat, SM-114  markali qorishtirgich, F1200x4500 markali sharli tegirmon va ZL-630VRU rusumli ikki valkali qorishtirgichlar talab etiladi.

Investitsion loyihalar asosida hozirda terma para ehtiyot qismini ham o’zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ehtiyot qism Mis eritish va Rux zavodlaridagi yuqori haroratli eritish pechlaridagi haroratni nazorat qilib boradi. Terma paraning asosini qimmatbaho metall bo’lgan platina tashkil etib, ushbu ehtiyot qism katta mablag’ evaziga xorijdan keltiriladi. Tarkibida reniy hamda volfram metallari bor aralashma platinani o’rnini bosishini aniqladik. Hozirda ushbu qimmatbaho ehtiyot qismning muqobilini o’zimizda ishlab chiqarishni ko’rib chiqayapmiz. Bugungi kunda import o’rnini bosuvchi mazkur ehtiyot qismning shtabigi tayyorlandi.

Investitsion loyihalarni amalga oshirishning navbatdagi bosqichlarida Volfram yarim tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish gidrometallurgiya tsexini rekonstruktsiya qilish va texnik qayta qurollantirish orqali esa yiliga 170 tonna volfram olish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

Bir so’z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan loyihalardan ko’zlangan maqsad - konsentratdan boshlab, qiymati qo’shilgan tayyor mahsulotlar tayyorlashgacha bo’lgan jarayonni qamrab olishdir. Bu bilan ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ko’payadi, ham sifat oshadi. Va mablag’ tejaladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech