http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Futbol muxlislar uchun o’ynaladi

on .

Xabaringiz bor, ertaga 12 fevral kuni futbol bo’yicha Osiyo chempionlar ligasi doirasida AGMK hamda Tojikiston Respublikasining “Istiqlol” jamoalari o’rtasida pley off uchrashuvi bo’lib o’tadi. Mazkur uchrashuv oldidan 11 fevral kuni poytaxtimizdagi “Lotte” mehmonxonasida har ikkalla jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Dastlab, matbuot anjumanida “Istiqlol” jamoasi bosh murabbiy Hakim Fuzaylov va  jamoa sardori Fatxullo Fatxulloevlar OAV vakillarining savollariga javob berishdi.

-Bizni juda yaxshi kutib olishdi. Uchrashuv oldidan tayyorgarlik ko’rishimiz uchun ham barcha shart-sharoit yaratib berildi. Buning uchun mutasaddilarga tashakkur aytaman. AGMK jamoasi tarkibi ham xuddi biz kabi tubdan yangilangan. Ular ham oldilariga muhim vazifa qo’yishgan.O’ylaymanki, ertaga shiddatli futbol guvohi bo’lamiz.

- Jamoangizdagi seleksiya ishlari sizni qoniqtiradimi?

- Jamoadagi yigitlardan ko’nglim to’ladi. Seleksiyalash ishlari hali ham davom etayapti. Murabbiylarga esa o’yinchi yetishmasligi odatiy hol.

- Raqib jamoa AGMKning kuchiga qanday baho berasiz?

- O’zbekistonda Lokomotiv” jamosida faoliyat yuritganman. AGMK jamoasi haqida ma’lumotga egaman. Bu yil jamoa o’z oldiga katta maqsadlarni qo’ygan. Taniqli murabbiy Mirjalol Qosimov boshchiligida jamoa Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan munosib, kuchli jamoa. Har qanday murabbiy yaxshi natijalar ko’rsatish jamoaga uchun keladi. Barchasini o’yin ko’rsatadi.

- Osiyo chempionlar ligasining pley off matchlari bir martalik uchrashuvdan ekanligiga munosabatingiz.

- Buni nyuans taraflari bor. Futbol muxlislar uchun o’ynalishini hisobga olsak, jamoamiz muxlislari uchrashuvni televizorda tomosha qilishadi. Biz mehmonda AGMK mezbonda to’p suradi.

- Tojikistonda futbol sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to’xtalsangiz.

- So’nggi paytlarda Tojikistonda futbolga katta e’tibor qaratila boshlandi. Sohaning yetakchi mutaxassislari futbolni rivojlantirishga jalb etildi. Bolalar futboliga alohida ahamiyat qaratilayapti. Buning uchun maxsus dastur ham ishlab chiqilgan.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech