Yangiliklar

Xizmatlar e’tirofga munosib bo’lmoqda

on .

“Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi ishchilar oshxonasiga joriy yil 1 yanvardan boshlab xizmat ko’rsatib kelayotgan “Savdo” MCHJ jamoasi qisqa vaqt ichida zavod ishchi-xodimlarining e’tiroflariga sazovar bo’ldi.

Bunda albatta, “Savdo” MCHJ rahbariyatining xizmatlari beqiyos bo’lmoqda. Xususan, oshxonaga sabzavotlardan tortib, go’sht, sut, non mahsulotlarigacha o’z vaqtida keltirilgan holda tayyorlanayotgan ovqatlarning sifatliligi, to’yimliligi, xushtamligi va sanitar-gigiena talablariga qat’iy rioya qilinayotganligi ko’plab ishchilar tomonidan bot-bot tilga olinayapti. Bundan tashqari, oshxonada yanada qulay sharoitlar yaratilgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga mo’ljallangan alohida xonalar mavjud. Har bir xona zaruriy yangi oshxona jihozlari, idish-tovoqlar bilan ta’minlangan. Bu esa korxona mehnatkashlarining o’z vaqtida sifatli ovqatlanishlariga imkon bermoqda.

- Men har safar ishchilar oshxonasiga ovqatlanish uchun kelganimda oshxona ishchilarining xush muomalaligi, ovqatlarning avvalgidan ham sifatli va mazali tayyorlanayotganiga guvoh bo’laman. Kundan-kunga taomlar ratsioni ham to’yimli ovqat, salatlar bilan boyib borayapti. Buning uchun birinchi galda kombinat hamda “Savdo” MCHJ rahbariyatiga ishchilar nomidan o’z minnatdorchiligimni bildiraman. O’ylaymanki, kelgusida ham oshxona bundan-da yaxshi darajada faoliyat ko’rsatishda davom etadi, - deydi zavodning tayyor mahsulotlarni sotish bo’limi, nooziq tovarlar sotuvchisi Eshniyoz Nurboyev.

Yuqoridagi kabi e’tiroflar zamirida albatta, bosh oshpaz Tursunboy Dushayev, oshpaz Mahbuba Yangiboyeva singari malakali oshxona ishchi-xizmatchilarining mehnatlari ham yotganini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ular tomonidan bir vaqtning o’zida kunlik belgilangan qat’iy taomnomaga asosan, 200 nafardan ziyod ishchilar issiq ovqatlar bilan ta’minlanib borilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech