http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Olmaliq TV” “OKMK TV” telekanaliga aylantirildi

on .

Xabaringiz bor, bir necha oylardan buyon shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan “Olmaliq TV” telestudiyasi ko’rsatuvlari vaqtincha efirga uzatilmadi. Shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y berayotgan muhim voqea-hodisalari hamda kombinat korxonalari faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan telestudiya kelgusida telekanal sifatida ish boshlashi haqidagi xabarlar ham berilgan edi.

Telestudiya faoliyati bilan bog’liq mushtariylarimizning ko’plab savollarini inobatga olgan holda telestudiya mudiri, bosh muharrir Umida Qarshiboyevadan sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni oldik. 

- OKMK telestudiyasi telekanali qachon o’z faoliyatini boshlaydi?

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida raqamli televideniega texnik va texnologik o’tish bo’yicha davlat dasturi to’g’risida”gi Qarori hamda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyatining qo’llab-quvvatlashlari natijasida Axborot xizmati telestudiyasi raqamli teleuzatishga o’tishga muvaffaq bo’ldi. Bizning asosiy maqsadimiz - raqamli formatda telekanallarni aholiga bepul ko’rsatishni davom ettirishdan iboratdir.

Bugungi kunda shahrimiz aholisi 10 ta davlat, 4 ta nodavlat, 3 ta - Rossiya Federatsiyasining telekanallarini bepul ko’rish imkoniga ega bo’lishdi. Xabar berganimizdek, texnik va tashkiliy masalalar hal bo’lishi bilan OKMK telekanali ham o’z faoliyatini boshlaydi. Ayni damda raqamli teleuzatkichlar to’liq o’rnatilishiga erishildi. Hamshaharlarimiz ham kombinat logotipi mavjud yangi telekanal paydo bo’lganini payqashgan bo’lishsa kerak. Telekanalimiz test rejimida turgani uchun hozir dasturlarni qo’yish imkonimiz yo’q. Shunga qaramay, shahrimiz aholisining iltimoslariga binoan shanba va yakshanba kunlari soat 19.00da biz o’zimizning “Hafta voqealari” va “Sobytiya nedeli” ko’rsatuvlarini efirga berib boramiz. Shuningdek, test rejimida arxiv materiallar ham uzatilib boriladi.

Telestudiya telekanalga aylantirilganidan keyin “OKMK TV” deb nomlandi. “OKMK TV” -  “Olmaliq KMK” AJning korporativ telekanali hisoblanib, 12 soatlik efir vaqti bilan uzatilishi rejalashtirilgan. Telekanalimizda ko’ngilochar dasturlar, yangiliklar, reklama (tijoriy xizmat) hamda shahrimizda o’tkaziladigan futbol o’yinlari va boshqa tadbirlarni keng yoritib borilishi ko’zda tutilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda raqamli teleuzatishga o’tilishi televizion industriyaning yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Bugungi kunda ko’plab mamlakatlarda hududiy telekanallarni rivojlantirishga, ularni programmalashtrish, muammolarni hal etishiga, jamiyat fikriga ta’siri va tomoshabinlar madaniyatiga bo’lgan munosabatiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Hududiy telekanallar o’z hududida yuz berayotgan voqealarning faol ishtirokchisiga aylanib, tomoshabinlarini ogoh etishda katta o’rin egallamoqda. Dolzarb mavzularni ko’tarayotgan bir qator xorij va Rossiya hududiy hamda korporativ telekanallarni oladigan bo’lsak, ular allaqachon o’z nufuziga ega bo’lib, tomoshabinlar ko’nglidan joy olishga ulgurgan.

“OKMK TV”ning tashkil etilishi - “Olmaliq KMK” AJning benihoya katta yutug’idir. Negaki respublikamizda faoliyat olib borayotgan eng yirik korxonalar orasida birinchilardan bo’lib aynan kombinat o’z korporativ telekanaliga ega bo’ldi. Umid qilamizki, “OKMK TV” ham o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishadi va o’z muxlislarini topadi.

- Telestudiya tomonidan uzatilayotgan bepul telekanallarga qanday ulansa bo’ladi?

- Hamshaharlarimiz OKMK telekanali tomonidan uzatilayotgan quyidagi bepul telekanallarni ko’rmoqchi bo’lishsa (ya’ni, 14 ta O’zbekiston telekanallari, 3 ta Rossiya telekanali va Olmaliq shahridagi “OKMK TV” telekanali) televizoringiz DVB-T2 tyunerli bo’lishi yoki alohida DVB-T2 formatni qabul qiluvchi tyunerni xarid qilishlari lozim.

Televizor yoki tyunerni ulagandan so’ng, uni quyidagi ko’rsatma orqali sozlashingiz kerak.

Kanallarni sozlash uchun:

Televizorda:

  1. Pultda “Menu” tugmasini bosib sozlash tizimiga o’tiladi;
  2. Keyin “Kanal” bo’limiga o’tib, “Avtopoisk” yoki “Ruchnoy poisk” tanlanadi. “Ruchnoy poisk”da “CH 33, 570 MHz” kanalini tanlashingiz kerak bo’ladi;
  3. Shu yo’sinda kanallarni qidirish boshlanadi. Biroz vaqtdan so’ng tele- va radiokanallarning ro’yxati chiqadi. Shu bilan kanallarni sozlash tugallanadi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, “Menu” funksiyasi televizor markasiga qarab har xil bo’lishi mumkin, lekin kanallarni sozlash deyarli bir xil. “Davlatni tanlang” degan joyiga O’zbekiston tanlanadi, ulash usuliga “ЦТВ” yoki “DTV”.

Tyunerda:

  1. Pultda “Menu” tugmasini bosasiz va “Poisk kanalov” bo’limiga o’tasiz;
  2. Sizda ikki usulda qidirish imkoniyati paydo bo’ladi. Biroz ko’proq vaqtni oladigan “Avtopoisk” va “Ruchnoy poisk” uzog’i bilan 2 daqiqani oladi;
  3. “Strana” deyilgan joyida O’zbekiston tanlanadi;
  4. “Ruchnoy poisk”da “33” kanal sonini tanlaysiz;
  5. Qidiruvni boshlaysiz. Biroz vaqtdan so’ng tele- va radiokanallar ro’yxati sizning ixtiyoringizda bo’ladi. Sрu bilan kanallarni sozlash tugallanadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech