http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Hammaga rahmat aytaman!

on .

5 mart kuni. Odatdagidek kunlarning biri. Qo’l telefonim jiringladi. Telefonimni ko’tarib unga quloq tutsam, o’zini Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo’mitasidan, deya tanishtirgan bir ayol meni davlat mukofoti bilan taqdirlanganimni ma’lum qilib, 7 mart kuni Respublika Xotin-qizlar qo’mitasiga borishimni tayinladi.

Yaxshi xabar yaxshida. Bu xushxabarni eshitib, hayron bo’lganimdan o’tirib qoldim. Xayollarim to’zg’ib ketdi. Uni kimga birinchi yetkazishni o’ylab, turmush o’rtog’imga aytishga qaror qildim. Va unga qo’ng’iroq qildim. Turmush o’rtog’im Rifat Galimov xushxabarni eshitib, tabrikladi. Bu damda quvonchim ichimga sig’mas, yana yaqin tanishlarimga ushbu xabarni yetkazishni o’ylardim.

7 mart kuni poytaxtimizdagi Respublika Xotin-qizlar qo’mitasida Prezidentimiz farmonlari bilan “Do’stlik” ordeniga munosib ko’rilganimni bildim. Davlatimizning yuksak mukofotini shaxsan mamlakatimiz Bosh vaziri Abdulla Aripovning qo’llaridan qabul qilib oldim. Prezidentimiz imzosi qo’yilgan orden guvohnomasi va ordenni qo’limga olib, meni oq yuvib, oq taragan, tarbiya bergan ota-onam - Mansur ota va Tasfiya ayalarning huzuriga oshiqdim.

Biri 79 yoshni, biri esa 80 yoshni qarshilagan ota-onamning bu xushxabardan boshlari osmonga yetdi. Har qanday ota-onaga farzandining yutug’i katta bir baxt ekanligini ularning ko’zlaridagi sevinch ko’z yoshlaridan angladim. Dada, ona bu mukofot sizlarga berilgan mukofot aslida, sizlarning duolaringiz sabab, shunday mukofotga loyiq ko’rildim, deya ularga dilimdagi bor ezgu tilaklarimni ushbu quvonchli kunda baralla aytdim. Har bir ayol uchun ota-onasining tirikligi, farzandlarining sog’ligi, turmush o’rtog’ining yonidaligi, sevimli kasbi borligi va qadrdon mehnat jamoasida hurmatga loyiqligi muhim. Bundan ortiq baxt bormi, ayol kishi uchun? Nolimayman, men bugun bularning barchasiga ega bo’lgan baxtli ayolman. 33 yil kombinatda mehnat qilib kelayotgan bo’lsam, barcha yutuqlarga ishga vijdonan yondashish va sabr-toqat bilan erishishga amin bo’ldim. Ba’zi yoshlar jamoamizga kelishadi. Ular hammasi birdaniga bo’lishini xohlashadi. Yo’q unday emas. Ish vaqtida yuzaga keladigan barcha qiyinchiliklarni sabot bilan yengishga o’rganish lozim. Shundagina ko’zlangan maqsadga erishiladi.

Fursatdan foydalanib, kombinatimiz, zavodimiz rahbariyatiga meni shunday yuksak mukofotga munosib ko’rganlari uchun o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Tanzila SATVALDIYEVA,

Mis eritish zavodi

Misni elektroliz qilish sexi elektrolizchisi,

 “Do’stlik” ordeni sohibasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech