http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

"Olmaliq KMK" AJ – “MDH biznes-yetakchisi”

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2019 yilning 15 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH davlatlari ishtirokida bo’lib o’tgan «MDH: raqamli iqtisodiyot – integratsiyalashgan platforma” mavzuidagi Xalqaro iqtisodiy Forumda ishtirok etdi.

Har yili o’tkaziladigan ushbu nufuzli forum MDH davlatlarining o’zaro uzoq muddatli, manfaatli hamkorligini amalga oshirishga va kelgusida MDH davlatlari iqtisodiyotining samarali rivojiga xizmat qiladi.

Forum tantanalarida Ijro qo’mitasi raisi – MDH ijro kotibi Sergey Lebedev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan erishilayotgan yutuqlar uchun kombinatga “MDH biznes-etakchisi”  faxriy belgisini kombinatdan vakil bo’lib borgan MTMZ direktori Sergey Larionovga tantanali ravishda topshirdi.

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov bugun ijro apparatida bo’lib o’tgan yig’ilishda ushbu xushxabarni e’lon qilar ekan, bu 2018 yilda erishilgan samarali  natijalar va joriy yilning yanvar-fevral oylaridagi yaxshi ko’rsatkichlar uchun berilgan munosib baho ekanligini, bunga kombinat mehnatkashlarining peshona teri, zahmatli mehnatlari evaziga erishilganini ta’kidlab, buning uchun barcha konchi-metallurglarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech