http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Shahrimiz yanada chiroy ochmoqda

on .

Ayni damda Respublikamizning barcha hududlarida keng quloch yoygan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish amallari shahrimiz markaziy ko’chalari qiyofasida o’z aksini topib bormoqda.

Markaziy trassalar bo’ylab o’rnatilgan temir panjaralar olib tashlanib, naqshinkor bezakli to’siqlar o’rnatilgan holda atrofiga bir - biridan maftunkor gul ko’chatlarining o’tqazilishi har qanday insonning bahri dilini ochadi. Shahrimiz ko’cha va xiyobonlarini obod etishga yeng shimarib kirishgan “Olmaliq KMK” AJ korxona va sexlari ishchi- xodimlarini ayni kunlarda xayrli ishlar boshida uchratish mumkin.

Xususan, Markaziy tamirlash mexanika zavodi har qanday tashabbusga astoyidil kirishishi va zimmadagi vazifalarni bekamu-ko’st bajarishi bilan nom qozongan. Kombinat ta’mirchilariga Amir Temur ko’chasining markaziy “Kamalak” chorrahasidan shahar hokimligi binosigacha bo’lgan yo’l bo’yi hududlari obodonlashtirish uchun ajratib berilgan. Belgilangan qisqa muddat ichida MTMZ ishchi-xodimlari tomonidan 3200 metrdan ziyod uzunlikdagi yo’l bo’yi maydonlariga 16 ming tupdan ziyod mavsumiy gul ko’chatlari o’tqazib chiqildi. Yangi nihollarni sug’orish uchun plastmassali quvurlarni montaj qilish ishlari ham sifatli bajarildi.

- O’zim Amir Temur shoh ko’chasidagi ko’p qavatli uylardan birida yashayman, - deydi Mexanika- yig’uv sexi kran mashinisti Yulduz Do’smatova. - Gul ko’chatlari hali to’liq barq urmay turib ko’zni quvontirmoqda. Tub olib rivojlanishi bilan hamshaharlarimiz bundan ham maftunkor manzaraga guvoh bo’lishiga ishonchim komil.

Kombinat bosh boyitish korxonasi hisoblangan - Mis boyitish fabrikasi mehnat ahli tomonidan ham obodonlashtirish ishlari ancha barvaqt boshlab yuborildi. Toshkent- Bekobod katta trassasidagi mis ishlab chiqarish majmuasi tevarak atrofiga 20 000 ming tupdan ziyod bir va ko’p yillik gul ko’chatlari, mevali va manzarali daraxt nihollari ekildi. Amir Temur ko’chasi yuqori qismi - Ramazanov ko’chasi chorrahasidan “Koinot” to’yxonasigacha bo’lgan yo’l ustidagi dov-daraxtlarga ishlov berib chiqildi, yo’l bo’yi bordyurlari, sug’orish ariqlari tartibga keltirildi, chiqindilar olib chiqib tashlandi. Yo’l bo’yidagi chamanzorlarga aylanishi ko’zlangan yer maydonlari ag’darilib, mahalliy o’g’itlar bilan boyitildi. Boyituvchilar ekkan jami 50 000 tupdan ziyod gul ko’chatlari kech kuzgacha hamshaharlarimizga estetik zavq bag’ishlashi shubhasiz.

Mis eritish zavodi ishlab chiqarish sexlari va ma’muriy binolari old qismi va atrofini obod maskanga aylantirish maqsadida bundan bir nyecha yillar oldin boshlab yuborilgan ishlar bugun o’z natijasini ko’rsatmoqda. Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlariga har bir sex va uchastkada o’ziga xos yondoshiladi. Shahrimiz ko’chalarida bu kabi amallarga jalb etilgan 10 nafar metallurglar 2 km.dan ziyod masofaga suv quvurlarini tortish vazifasini birinchi navbatda bajarishdi. Shu kunga qadar metallurg bog’bonlar sa’y-harakatlari bilan 2500dan ziyod gul ko’chatlari shahrimiz ko’cha va xiyobonlariga o’tqazildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech