http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Edelveys”  xalqaro tanlov g’olibi

on .

Sir emaski, bir necha yillardan buyon muhtasham “Metallurg” madaniyat saroyida bir qator turli ijodiy dastalar o’z faoliyatini yuritib keladi. Ushbu ijodiy guruhlar har bir bayram va tantanalarda o’zlarning badiiy dasturlari bilan tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag’ishlashi ham bor gap.

Ana shunday ijodiy guruhlardan biri “Edelveys” xalq raqs ansambli bu yil xalqaro tanlovda ishtirok etib, quvonarli natijalar qayd etdi.

“Metallurg” MS baletmeysteri Yuliya Koldakova qo’li ostida raqs san’atining sir-asrorlarini o’rganayotgan jamoa a’zolari 21-25 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Gjel shahrida bo’lib o’tgan “Gjel moviy qushi-2019” xalqaro raqs tanlovida ishtirok etishdi. Ushbu nufuzli xalqaro tanlovda yurtimiz sharafini himoya qilgan “Edelveys” ijodiy guruhi o’z repertuarlaridan joy olgan “O’zbekiston raqs suetasi” hamda “Andijon polkasi” kabi raqs dasturlarini xorijliklar e’tiboriga havola qilishdi. Mazkur tanlovning natijalari may oyida ma’lum qilinadi.

“Edelveys” xalq raqs ansamblining ikkita yoshdagi a’zolari 30-31 mart kuni poytaxtimizda tashkil etilgan yana bir nufuzli xalqaro tanlovda o’z mahoratlarini namoyish etishdi. Iqtidorli bolalar festivalida ishtirok etgan jamoa katta guruhi tanlovda “Andijon polkasi” hamda tatar milliy raqsi “Sabuntuy”ni ijro etdilar. Va tanlovning Gran-prisiga loyiq ko’rildi. Guruhning ushbu muvaffaqiyati tashkilotchilar tomonidan 2019 yil sentyabr oyida Qozog’istonning Olmota shahrida o’tkazilishi ko’zda tutilgan “Art-Sensation” xalqaro tanloviga yo’llanma bilan taqdirlandi.

Yana bir e’tiborli jihat “Edelveys” jamoasining 4-6 yosh oralig’idagi guruhi ham poytaxtimizdagi xalqaro tanlovda “Shodiyona” o’zbek milliy raqsi va “Kapustka” Belarus xalqi raqslari bilan ishtirok etib, faxrli birinchi o’rinni egallashdi.

Hamshaharlarimiz nomidan “Edelveys” xalq raqs ansambli jamoasini bu yutuqlar bilan qutlab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech