http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Tarixiy anjuman

on .

2019 yilning 18-19 aprel kunlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati texnogen qoldiqlarini qayta ishlash masalasida zamonaviy muammolar va uning yechimida innovatsion texnologiyalar” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tadi.

Polimetal va texnogen kon maydonlarini o’zlashtirish bo’yicha istiqbollarni  muhokama qilish, jahondagi tendensiyalarni o’rganish va  “Olmaliq KMK” AJda tatbiq etish uchun loyiha mualliflarini jalb etgan holda kon maydonlarini samarali o’zlashtirish rejalarini amalga oshirishda xalqaro tajribalarni qo’llash mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu nufuzli anjumanda ishtirok etish uchun dunyoning yirik kompaniyalari, shuningdek, AQSH, Koreya, Finlyandiya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Qozog’iston, Norvegiya va O’zbekistondan olimlar va yetakchi mutaxassislar tashrif buyuradi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning birinchi ish kuni 18 aprel, soat 10.00da “Metallurg” MSda boshlanadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech