http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Olmaliqda xayriya konserti

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan kuni-kecha Xayriya kontserti bo’lib o’tdi.

Udan tushgan mablag’  muhtaram Prezidentimizning beshta tashabbusi ijrosi amalga oshirilayotgan qo’shni Bo’ka tumaniga o’tkaziladi. Bugun Bo’kada obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari jadal tus olgan. Tez orada Bo’kadagi barcha madaniyat uylari, kutubxonalar yangi sifat bosqichiga ko’tariladi, sport inshootlari va texnik baza yangilanadi.

12 mingdan ortiq tomoshabinga mo’ljallangan “OKMK” sport majmuasi viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan san’at ixlosmandlari bilan gavjum bo’di. Respublika, Olimpiya, jahon chempionlari bo’lgan viloyat yoshlarining chiqishlari, elimiz ardog’idagi taniqli san’atkor va hofizlarning diltortar qo’shiqlari, fusunkor raqslari konsertga tashrif buyurgan minglab muxlislarga manzur bo’ldi va ularni raqsga chorladi. Ayniqsa, turfa rang pufaklarning samo uzra “parvozi” o’yingohni yanada maftunkor etdi. 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech