http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“OKMK TV” O’ZEOAV Milliy Assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining qo’llab-quvvatlashi va e’tibori bilan raqamli teleuzatish tizimiga o’tib borayotgan “OKMK TV” kecha O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi va vakillarimiz konferensiyada ishtirok etdi.

Konferensiyada 2018 yil sarhisobi hamda 2019 yilga istiqbolli rejalar o’rganildi, tahlil etildi va kelishib olindi. Shuningdek, Milliy TV, ZO`R TV, Sevimli TV hamda boshqa nodavlat telestansiyalar va radioeshittirishlar ishi tahlil etildi. Ana shu nodavlat telekanallar safidan endilikda “OKMK TV” ham o’rin oladi.

Konferensiya ish kunining ikkinchi yarmida Bi-Bi-Sining o’bek xizmati bosh muharriri  Xayrulla Fayz O’zbekiston tarixi, qadriyatlari, taraqqiyoti haqidagi qator loyihalar haqida gapirib berdi. Bu teleloyihalarni tasvirga olish jarayonlari boshlanganini ta’kidldab o’tdi.

Konferensiya yakunida O’zEOAVMA bilan Bi-Bi-Sining o’zbek xizmati o’rtasida memorandum imzolandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech