http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Yakuniy natijalarni yuzaga chiqarayotganlar

on .

Bundan qariyb 42 yil avval foydalanishga topshirilgan va 2002 yildan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiritilgan Kovuldi koni mamlakatimizdagi eng keksa va istiqbolli konlardan biridir.

Kon ruda qazib olish maydonidan 19 kilometr uzoqlikda joylashgan Ruda tayyorlov uchastkasi Kovuldi konining asosiy va yakuniy ishlab chiqarish bo’g’ini hisoblanadi.

Kondan keltirilayotgan rudalarni qabul qilish, qayta ishlash hamda I-II klass navlarga ajratgan holda Mis eritish zavodiga yuborish kabi yakuniy texnologik jarayonlar aynan mazkur uchastkada amalga oshiriladi. Bundan o’n uch yil avval montaj qilinib, ishlab chiqarishga joriy etilgan KMD-1200 maydalagichi negizida qad rostlagan rudalarni qabul qilish va qayta ishlash majmuasining flyus rudalari sifat ko’rsatkichlari yildan yilga oshib borishini ta’minladi.

Bugungi kunda soatiga 76 tonna rudalarni maydalab berish quvvatiga ega bo’lgan SMD-741 maydalagichi hamda ish quvvati soatiga 140 tonna rudani tashkil etuvchi KMD-1200 maydalagichi bilan birgalikda lentali konveyrlar, g’alvir va klassifikator kabi bir qator murakkab texnologik uskunalar uchastkada qo’llanib kelinadi.

- Uchastkamiz jamoasi nafaqat rudalarni qayta ishlash, balki kon qazib olish ishlari uchun mustahkamlovchi materiallarni qabul qilib olish, saqlash va yetkazib berish ishlarini ham amalga oshirib keladi, - deydi uchastka boshlig’i o’rinbosari Alimardon Sotiboldiyev. - Bu maqsadlar uchun yog’och materiallariga ishlov berish ustaxonasi, sochiluvchan qurilish materiallarini qabul qilish omborxonasiga egamiz. Texnologik ko’rsatkichlar uzluksiz bajarilishi bilan birga asosiy qurilmalarimiz, yordamchi inshootlarga texnik-ekspluatatsion xizmatlar ham ko’rsatib kelinmoqda. Ayni kunlarda tsement materialini qabul qilish va saqlash ombori yon devorlarini ko’tarish va mustahkamlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shu bilan birga ish uchastkalarimizgacha tortilgan temir yo’llar polotnolarida ham joriy ta’mir ishlari olib borilmoqda.

Texnologik jihozlar va elektr qurilmalari uzluksiz va samarali faoliyatini ta’minlashda uchastka elektromexanigi v.b Abdulaziz Tojiboyevning hissasi alohida bo’layapti. Yuqori texnologik ko’rsatkichlarga erishib kelayotgan Ikrom Mamataliyev rahbarligidagi smena jamoasi yutuqlarini ham alohida ta’kidlab o’tish zarur bo’ladi. Javohir Abdusobirov, Rifat Bekirov, Abdiqul Mirzayev, Zohid Salohiddinov va Fazliddin Hasanov singari ishchi-xodimlar maydalash majmuasi uskunalarini samaradorlikda ekspluatatsiya qilinishi, o’z vaqtida ta’mirlanib borishiga munosib hissalarini qo’shib kelishayapti. Yo’l montyori Husan Qo’shmatov, yog’och materiallarini kesuvchi Komil Haydarov, tokar Hamid Matmusayevlar inshootlarga xizmat ko’rsatish, mahsulotlarni yuborish, kon uchastkalarini zarur ehtiyot va butlovchi qismlar bilan ta’minlash vazifalarini sidqidildan bajarib borishmoqda. Uchastka duradgori Sobir Hamrayev 42 yildan beri Kovuldi konida mehnat qilib kelayotgan tajribali ishchilardan biri. Bu ishchi tomonidan tayyorlab berilayotgan yog’och mahsulotlari o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi.

Uchastka ishlab chiqarish tizimida yo’lga qo’yilgan yuqori tashkilotchilik, texnologik uskunalarni samarali ekspluatatsiya qilish, joriy, profilaktik va kapital ta’mir ishlarini o’z vaqtida maqsadli olib borilishi jamoa zimmasiga yuklatilgan vazifalarning uzluksiz bajarilishini ta’minlamoqda. Xususan, yuqoridagi omillar uchastka jamoasiga flyus rudalarni Mis eritish zavodiga yuborish ko’rsatkichi yil boshidan shu kunga qadar 101,2%ga, rudalarni qayta ishlash rejasi 101,1%ga bajarilishiga xizmat qildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech