http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Oromgohlar mavsumga hozirlandi

on .

Mehnatkashlar farzandlarining yozgi ta’tili va sog’lomlashtirilishini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Metallurg”, “Tong”, “Istiqlol”, “Xonjiza-Parvoz”, “Gulzor” bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari hamda “Moviy tog’lar” dam olish maskanini dam olish mavsumiga tayyorlash yuzasidan kombinat boshqaruvi raisining buyrug’i asosida bir qator vazifalar belgilab olindi.

Unga ko’ra, mazkur ob’ektlarni ta’mirlash va mavsumga shay holatga keltirish yuzasidan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasi hamda kombinat korxonalari tomonidan keng qamrovli ishlar olib borildi. Bolalar oromgohlarini uskunalar, xo’jalik asboblari, oshxona jihozlari, mebellar, tibbiy vositalar va zarur qurilish materiallari bilan ta’minlanishiga erishildi. Oromgohlarda mazmunli hordiq va madaniy-ma’rifiy ishlar olib borilishiga rahbarlik qiladigan pedagog-xodimlar, mutaxassislar, yo’riqchilar hamda xo’jalik ishlarida band bo’ladiganlar tarkibini aniqlash va ular bilan mavsumiy ishlar uchun mehnat shartnomalarini tuzish vazifalari ayni kunlarda kombinat Ijro apparati personallar bilan ishlash bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. OKMK Avtomobil transporti boshqarmasi tomonidan zarur qurilmalar, asboblar, moslamalar va materiallarni o’z manzillariga yetkazib berilishi, mavsum davomida ta’minot xizmatini amalga oshirib borish uchun transport vositalari ajratildi va ular faoliyatiga doir masalalar to’liq hal qilindi. Bu borada OKMKda to’plangan ko’p yillik tajriba mehnatkashlar farzandlarining yozgi ta’tilini mazmunli va maroqli o’tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech