http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Olmaliq – Toshkent hududiy КВН ligasining markazi!

on .

Bu yil “Olmaliq KMK” AJda КВН harakati qayta tug’ildi. O’tgan vaqt mobaynida  kombinat КВН ligasida 4 ta o’yinlar o’tkazildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston КВН tarixida ilk bor Toshkent hududiy ligasi paydo bo’ldi.

Buning barchasida OKMK КВН loyihasi rahbari, yuksak tajribaga ega, “Quvnoqlar va zukkolar” tashabbuskori Rustam Rasulovning hissasi beqiyos. Quyida Rustam Ortiqboevich КВН haqidagi ma’lumot va yangiliklar bilan bo’lishdi.

- Rustam O’zbekiston КВНda shahrimiz Olmaliq yangi Toshkent hududiy ligasi markazi, deb tashkil etildi. Bu haqda mushtariylarimizga to’liq ma’lumot bersangiz.

- “Olmaliq KMK” AJ КВН ochiq ligasining birinchi o’yini shu yil 11 aprelda o’tkazildi. Bu kombinat va shahar yoshlari uchun katta yangilik bo’ldi. Bir necha yillik tanaffusdan so’ng, bu harakat qaytadan hayot boshladi. Nafaqat kombinat korxona va sexlari, balki shahardagi turli tashkilotlar hamda o’quv muassasalari yoshlarini ham КВНga jalb etishga qaror qilindi. Va bunga biz erishdik. Bu yilgi mavsumda 15 ta jamoa o’yinlarda start oldi. Ushbu jamoalarning 9 tasi kombinat bo’linmalaridan, qolganlari esa MTTU MISiS Olmaliq filiali, uchta maktab, “Ammofos-Maksam” AJ va ATIB “Ipoteka bank” Olmaliq filialidan.

Birinchi o’yinimizda ishtirok etgan O’zbekiston КВН oliy ligasi bosh muharriri Igor Kuchmar va uning yordamchisi Timur Vaadelarda tadbirlarning tashkil etilishi va jamoa a’zolarining yorqin tarkibi katta taassurot qoldirdi. Poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kinokontsert zalida o’tkazilgan, so’ngra “Zo’r” TVda efirga uzatilgan КВН oliy ligasining 1/8 o’yinlarida I.Kuchmarning biz haqimizdagi maqtov so’zlari albatta yoqimli. O’sha kuni u bizning ligamizga Toshkent hududiy КВН ligasi maqomi berilganini hamda ushbu liganing markazi etib Olmaliq shahri rasman tasdiqlanganini ma’lum qildi. Barcha КВНchilarni va muxlislarni bu xushxabar bilan tabriklayman.

- Yangi КВН ligasining vazifalari qanday?

- Shuni alohida ta’kidlab o’tishni istardim, bu mamlakatimizda КВН bo’yicha birinchi tajriba. Birinchidan, КВН Toshkent ligasida O’zbekistonning barcha jamoalari ishtirok etishi mumkin. Biz hamma uchun ochiqmiz. Shuning uchun bajonu dil Olmaliq va boshqa shaharlarning jamoalarini taklif etib qolaman. Hozirda Chirchiq, Angren, Ohangaron hamda Bekobodda jamoalarni shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Ikkinchidan, bizning ligamiz КВНchilarni tayyorlaydigan poligon, hududiy baza bo’ladi. Yana shuni aytib o’tmoqchimanki, bugungi kunda OKMKning “SMAK”  jamoasi КВН oliy ligasidagi viloyatda yagona jamoa sanaladi. Qolgan jamoalar esa Toshkent shahridan. Premer liga tarkibi bu mavsumda shakllantirilayapti. Va u yerda bizning shahrimiz jamoasi ham paydo bo’lishi mumkin. Bizni kim tanishtirishi, hozircha sir.

Ligamizning o’tkazilgan o’yinlari shuni ko’rsatdiki, bolalarda salohiyat bor, ularning ko’zlari yonib turibdi, ularga har qanday mashaqqat cho’t emas. Ayniqsa, ularning yordam beruvchilari va qo’llab-quvvatlovchilari bor. Toshkent hududiy ligasiga КВНning oliy ligasi va premer ligasidan ikki nafar muharrir biriktirildi. Ular muntazam ravishda jamoalarni tayyorlash uchun kelib turishadi, maktablarda КВН o’tkazishadi, mashq jarayonlarida ishtirok etishadi, “SMAK” terma jamoasi bilan ishlashadi. Muharrirlarning tajribasi va maslahatlari yangi jamoalar uchun bebaho, desam mubolag’a bo’lmaydi.

- Bizning ligamizdagi navbatdagi o’yin qanday o’tdi? Jamoalardan qaysilari keyingi bosqichga chiqishdi-yu qaysilari sinovdan o’tmadi?

- Ma’lumki, 15 ta jamoa o’yinni boshlagan bo’lsa, ularning barchasiga o’zlarini ko’rsatishlari uchun ikki marotaba imkoniyat berildi. Navbatdagi o’yinning yakuniy natijalariga ko’ra, hakamlar hay’atining xulosasi bilan “Al-ximiki”(Ammofos-Maksam AJ), “Endorfin”(MTMZ) va “Na kolesax”(ATB) jamoalari eng yaxshilari, deb topildi. “VO”(IHQX) va “Kak-to-tak”(5-umumta’lim maktabi) jamoalariga esa omad yetishmadi.

- Yosh jamoalarni oyoqqa turib olishlari hamda yangi liga uchun qo’llab-quvvatlash juda zarur. Bu borada bizning КВНchilarga kim yordam berayapti?

- Biz qo’lga kiritgan yutuq va erishgan natijalarimiz zamirida kombinatimiz rahbariyatining qo’llab-quvvatlashi yotibdi, deb bilaman. Fursatdan foydalanib, o’zim hamda barcha Toshkent hududiy КВН ligasi ishtirokchilari nomidan “SFI Management Group” xorij kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Bobur Qobulovich Shodievga va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xolmurodovich Xursanovga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Ma’lumot va yangiliklar uchun rahmat, ishlarizga rivoj tilayman.

- Rahmat

Suhbatdosh Sherzod TILOVBERDIEV

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech