http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Bunyodkorlikning amaldagi ifodasi

on .

Yaqin o’tmishda ham Rux zavodining ko’zga xunuk va sovuq ko’rinuvchi binolari bugun ko’zni quvontirayotgani bunyodkorlikning amaliy ko’rinishigina bo’lib qolmay, balki istiqbolli rejalarni ham qamrab olgandir.

Ma’lumki, mamlakatimiz rahbarining farmoniga ko’ra, yuqori qo’shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, tayyor mahsulotlar eksporti hajmlarini ko’paytirishning barqaror yuksak sur’atlarini ta’minlash maqsadida tarkibiy o’zgartirishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish va uning sifatini yaxshilash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan dastur “Olmaliq KMK” AJda ishlab chiqilib, unga asosan ayni kunlarda keng qamrovli ishlar  kombinat korxonalarida olib borilmoqda.

Jumladan, Rux zavodini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash yuzasidan maxsus dastur qabul qilingan holda kombinatning ikkinchi metallurgiya korxonasida boshlab yuborilgan ishlar bugun qizg’in pallaga kirgan. Dasturning mohiyatiga ko’ra, korxonaning barcha ishlab chiqarish uchastkalarida qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Zavod Sulfat kislotasi sexi deyarli qaytadan bunyod etilishi, elektrolit sexining 2- va 3-seriyalari qayta tiklanishi ko’zda tutilgan. Mazkur ishlarni bajarishda “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining o’rni alohida bo’layapti. Ayni kunga kelib trestning eng ilg’or qurilish-montaj uchastkalari hukumatimizning muhim topshirig’ini bajarishga safarbar etilgan. Xususan, Ozod Majidov rahbarlik qilib kelayotgan 2-qurilish uchastkasi quruvchilarini ana shu jamoalar orasida namuna qilib ko’rsatish mumkin. Shu kunga qadar uchastka bunyodkorlari tomonidan korxona Energetika sexining bir qator inshootlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, yakuniga yetkazildi. Tanlab eritish sexi tokarlik ustaxonasida olib borilgan qurilish-ta’mir ishlari ayni vaqtga kelib tugallanish arafasida turibdi. Kuydirish sexi texnologik jarayonlarining bosh bo’g’ini hisoblangan konsentratlar ombori hamda og’ishli galeriyada olib borilgan bunyodkorlik ishlari darhol e’tiborni tortadi. Mazkur sexning asosiy ishlab chiqarish korpuslari tashqi fasadlarini ta’mirlash ishlari ham tobora yakuniy bosqichga kirib bormoqda. Ishlab chiqarish korpuslaridagi xonalar, kommutatsion zallar devorlari, pol sathlarini ta’mirlash, silliq keramika plitalarini yotqizish ishlari  yuqori sifatda bajarilgani bilan ajralib turadi.

- Korxonaning barcha sex va uchastkalarini kengaytirish va qayta jihozlash, ta’mirlash, texnologik uskunalarni montaj qilish, mazkur ishlar bilan bog’liqlikdagi temir-beton, metalli, yog’ochli va boshqa qurilmalarni hamda detallarni bunyod etish ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda, - deydi uchastka ishlab chiqarish ustasi Mahmud G’ofurov. - Uskunalar osti poydevor va tayanchlarni quyish, poydevorlar quduqlarining yotqizilgan metalli qismlari va anker boltlariga beton va qorishmalarni quyish, ko’tarib berishlardagi nasos stansiyali suv havzalarini, suv ta’minotining tozalash stansiyalari, gradireniylar va aylanma suv tizimlarini barpo etish, hududlarga beton yotqizish, poydevor va bordyurlarni tiklash borasida olib borilgan ishlarni bir qarashdayoq ilg’ab olish qiyin emas. Zimmamizga yuklatilgan barcha topshiriqlar qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan amalga oshirib kelinmoqda. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda zarur bo’ladigan qurilish materiallari, maxsus transport vositalari va mexanizatsiya uskunalari bilan o’z vaqtida ta’minlanishimiz ham ishlar sifati hamda ob’ektlarni o’z vaqtida topshirilishiga xizmat qilmoqda. Sh.Azimov, X.Yuldoshev, I.Ashurov va E.Hakimov kabi suvoqchi-bo’yoqchilar tomonidan binolar tashqi fasadlari hamda ichki qismlari, eshik va derazalar romlari qirralarining suvoqchilik-pardoz ishlari yuqori sifatlarda bajarib borilayapti. A.Qodirov, A.Eryigitov singari elektrgazpayvandlovchilar armatura karkas asoslarini o’z vaqtida tayyorlab borilishi va o’rnatilishini ta’minlab borishmoqda. Montajchilarimiz R.Otaxonov, A.Nazarov va U.Jo’raevlar eski qurilmalarni demontaj qilish, yangilarini tiklashda bor mahoratlarini ishga solib kelishayotgani quvonchlidir. Duradgor Sh.Qodirov va kafel teruvchi Z.Turg’unovlar mahoratini ham alohida ta’kidlab o’tish zarur bo’ladi.

Uchastkada kadrlar salohiyati yosh ishchi-xodimlar hisobiga mustahkamlanib borilayotgani, muhandis-texnik va boshqaruv xodimlari malakasini oshirish izchil yo’lga qo’yilganligi, qattiq raqobat sharoitida tarmoqning ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar, “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining boshqa xizmatlari bilan ishchan hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi Rux zavodini rekonstruksiya qilish ishlarida 2-qurilish-montaj ishlari uchastkasining oldingi marralarga chiqishini ta’minladi. Yil boshidan beri “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan mazkur ob’ektda 15 435 mlrd. so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgani ishlar ko’lami keng va maqsadlar aniqligidan dalolat beradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech