http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Mahalliylashtirish dasturining ilg’or ijrochilari

on .

Bundan besh yil avval investitsion loyiha asosida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi Mexanika-yig’uv sexining ekskovator uchastkasi qayta tashkil etilib, tog’-kon jihozlarini tayyorlash uchastkasi sifatida ish boshladi.

O’sha paytda kombinat konlari hamda boyitish fabrikalarida foydalaniladigan yirik gabaritli dastgohlar uchun zaruriy ehtiyot qismlarga bo’lgan ehtiyoj hamda talabdan kelib chiqqan holda import mahsulotlarini o’zimizda tayyorlab berish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchastka o’tgan davr mobaynida butkul o’zini oqladi.

- Asosan, Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi hamda konlardagi ekskovatorlar uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarni tayyorlab beramiz, - deydi uchastka boshlig’i Feruz Tanjarov. - Uchastkamizga har oyda 715 tonna ehtiyot qismlar quyib, ta’mirlash vazifasi yuklatilgan bo’lib, ushbu vazifalar kam-ko’stsiz amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, o’tgan 5 oy davomida jamoamizninng o’z ishiga bo’lgan puxta yondashishlari sabab jami bo’lib 3575 tonna ehtiyot qism quyilib, ta’mirlandi. Mahalliylashtirish dasturi asosida konus bronlari, tegirmon barabanlari, Grad nasos guruhlari, 54NS nasos guruhi, charxpalak 500-510 korpus podshipniklari, sferik tovonosti(подпятник сферический) moslamasi, KMD-2200 konusi kabi zarur ehtiyot qismlar o’zlashtirilib, o’zimizda tayyorlanayapti. Bu esa o’z-o’zidan valyuta mablag’larining tejalishiga sabab bo’lmoqda.

 

Hozirgi kunda uchastka rekonstruksiya dasturiga kiritilgan bo’lib, uchastka binosi 60 metrga kengaytiriladi. Shuningdek, metallga ishlov beruvchi tokarlik dastgohi, o’yuvchi, vertikal va gorizontal tish ochish uskunalari hamda 1 dona ko’prikli kran o’rnatiladi. Natijada ishlab chiqarish hajmi oshirilib, yangi ish o’rinlari ham yaratiladi.

2015 yili 1K670 markali, planshaybasi 3000 bo’lgan uskuna olib kelindi. Bu uskuna yordamida bir necha yillik muammo hal bo’ldi. Muammo shunda ediki, maydalash dastgohining aylana konusini qayta ishlashda qiyinchilik tug’ilardi.

Chexiya davlatidan keltirilgan portal karusel tokarlik uskunasi ham og’irimizni yengil qilib kelmoqda. Ushbu uskunaning afzallik tomoni boyitish fabrikalaridagi tegirmon barabanlarini qayta ishlashda qo’l kelmoqda. Uning yordamida 3,6x5 metr o’lchamdagi barabanlarni bemalol ta’mirlayapmiz. Avvallari mazkur barabanlar ikkiga bo’lingan holda ta’mirlanardi. Bu dastgoh 5 metr balandlikda ham bemalol ishlayveradi. Eng qizig’i, barcha ishlar ya’ni boshidan oxirigacha ushbu uskuna yordamida bajariladi. Uskunaning qo’shimcha funksiyalari orqali har qanday geometrik shakllar ham chiqarish mumkin. Albatta, bu zamonaviy uskunalar jamoamizning mohir va tajribali a’zolari ishonchli qo’llarida xizmat ko’rsatib kelayapti. Uchastka tokarlari Sirojiddin Saparov, Ulug’bek Ismoilov, Aleksandr Xorunov, Yevgeniy Varapaev, Bahodir Yusupovlar ana shunday tajribali ishchilardan. Ularning sa’y-harakatlari evaziga bugun mehnat jamoasi ko’zlagan natijalarga erishib kelayotgani diqqatga molikdir.

Uchastka qoshida yana bir mo’jaz quyish uchastkasi mavjud bo’lib, unda babbit yordamida turli xil ehtiyot qismlar quyiladi. Babbit - antifriktsion qotishma bo’lib, u ishqalanishga qarshi qotishma sanaladi. Babbit tarkibida mis, qalay, surma va qo’rg’oshin kabi metallar mavjud.

- Mis boyitish fabrikasi, 2-MBF hamda konlardagi uskunalarning yordamchi jihozlarini yeyilmasligini oldini olish hamda ularning bardoshliligini ta’minlash uchun babbit yordamidan foydalaniladi, - deydi quyish uchastkasi ustasi G’iyosxon Ilyosxonov. - Korpus podshipniklar, yirik, o’rta va mayda maydalash uchun eksentrik uskunasiga ustqo’yma(вкладыш)lar, konusli vtulkalar, silindr vtulkalari, sferik tovonosti(подпятник сферический) moslamalari babbit yordamida quyib berilmoqda. Dastlab, quyuvchilar kelayotgan babbit detalini +3400, +3500 issiq haroratli pechlarda eritib olishadi. Va tayyorlab olingan babbit tayoqchalari gorelka yordamida quyiladi. Bu jarayonda B16 va B83 babbit markalari ishlatiladi. Texnologik jarayonga amal qilgan holda belgilangan babbit quyilganidan so’ng, qayta ishlovdan o’tkazish uchun tokarlarga beriladi. Tokarlar esa uni chizmalarga mos tarzda qayta ishlashadi. Uchastkamizga bu yil 2-manipulyator uskunasi olib kelindi. Hozirda ushbu zarur uskunaning montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Uskuna ishga tushishi bilan sferik tovonosti(подпятник сферический) moslamalarini tayyorlash hajmi oshadi. Uchastkamiz quyuvchilari Akmal Niyozov, Javlon Mamatov, Bahodir Akkulov, Jamshid Xolboev, Bekzod Elboev va Doniyor Murodovlar tomonidan tayyorlanayotgan har bir detal tahsinga loyiq bo’layapti.

Muvaffaqiyatli insonlar o’zgalar behuda sarflab yuborayotgan vaqtdan unumli foydalanib olg’a boradilar. Donishlarning ushbu fikrini amaldagi ifodasini tog’-kon jihozlarini tayyorlash uchastkasi mehnat jamoasi misolida ham ko’rishimiz mumkin.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech