http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ishlar samarali kechmoqda

on .

“Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi Konchilik sexida amalga oshirilayotgan ishlar har qachongidan samarali bo’lmoqda.

Birgina may oyida belgilangan barcha reja-topshiriqlarning ortig’i bilan bajarilgani so’zimizga dalil bo’la oladi.

Xususan, jamoa tomonidan ohaktosh qazib olish 36 423 m3 ga uddalangan holda reja 101,3%ni tashkil etdi. Shu jumladan, sof tuproq qazib olish 100,3%ga, ganj qazib olish esa 127,1%ga bajarildi. Bu ishlab chiqarish muvaffaqiyatlarida barcha jamoa a’zolarining sidqidildan qilgan sa’y-harakatlari muhim o’rin tutdi. Ayniqsa, sex boshlig’i o’rinbosari Po’lat Rajabov hamda ohaktosh qazib olish kareri smena ustasi Rashid Temirovlarning ishlarni to’g’ri tashkil etishdagi qat’iyatligi va jamoa yo’lboshchiligidagi jonbozliklari vazifalarni o’z vaqtida sifatli amalga oshirilishiga zamin yaratdi. O’z kasbining hadisini olgan ekskovator mashinisti Sirojiddin Abduraimov hamda mashinist yordamchisi Yodgor Haydarov singari jamoa zahmatkashlarining fidoyi mehnatlari evaziga qazib olish ishlari samaradorligi bekamu ko’st ta’minlandi. Ayni damda sex mehnat ahli qazib olish ishlarini ikki harakatlama yo’l orqali olib borishmoqda. Bu o’z o’rnida ohaktosh yetkazib berish rejasining yanada oshishini ta’minlagan holda sifatli xom ashyo yetkazib berilishida asosiy omil bo’lishi shubhasiz.

Behzod QAMBAROV,

Jizzax sement zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech