http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Sifat va samara

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati - rangli metallurgiya sanoatining bayroqdori, shuningdek, tog’ jinslarini qazib olish va qayta ishlash bo’yicha nafaqat respublikada ixtisoslashgan, balki O’rta Osiyo  mintaqasidagi  eng yirik korxonalardan hisoblanadi.

Rivojlanishning yangi bosqichida turgan “Olmaliq KMK” AJ 2018 yilning avgustida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Olmaliq KMK” AJdagi davlat ulushi  “SFI Management Group” xorijiy kompaniyasi ishonchli boshqaruviga berildi.

Ishlab chiqarishning joriy holatini o’rganish hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kelgusi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, “SFI Management Group” tomonidan xorij va mahalliy yetuk olim hamda eskpertlar kombinatga jalb etilmoqda, ish yuritish va boshqaruv uslubi tubdan qayta ko’rib chiqilayapti.

Bugun poytaxtdagi Milliy matbuot markazida OKMK rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Ushbu matbuot anjumanida O’zMTRK tele va radiokanallarining axborot dasturlari va respublika gazeta va jurnallari, veb saytlar muxbirlari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida OKMK texnologiya bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari v.b. Abduqahhor Saynazarov kombinatning tarixi, buguni va kelajagi haqida OAV xodimlariga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek OKMK Investitsiya departamenti boshlig’i v.b. Kamollidddin Salimov, kombinatda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan investitsion loyihalar bilan  jurnalistlarni tanishtirib o’tdi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra korxonada 2019 yilning 6 oyi mobaynida 2018 yilning shu davriga nisbatan:

Tovar mahsuloti ishlab chiqarish - 3,24 mlrd.so’m yoki 174,7%;

Eksport hajmi - 157,0 mln. doll.  yoki 153,9%;

Byudjetga to’lovlar - 1,6 mlrd. so’m, yoki 198,7%ga oshganligini ko’rishimiz mumkin.

Kombinat ertasini belgilaydigan investitsion loyihalar bugun amaliyotga jalb etilgan. Shu o’rinda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan metallurgiya sanoatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari haqida so’z aytish maqsadga muvofiqdir.

Korxonaning investitsiya Dasturi doirasida umumiy qiymati 3 milliard 349,8 million AQSH dollari bo’lgan 5 ta metallurgiya sanoatini rivojlantirish nazarda tutilgan yirik loyihalarni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sрu jumladan, “Yoshlik I” konini o’zlashtirish” loyihasini amalga oshirish hisobiga 2 milliard 676,2 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o’zlashtiriladi. Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga:

74 million tonna ruda qazib olish quvvatiga ega bo’lgan kon;

60 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyatga ega bo’lgan yangi 3-sonli Mis boyitish fabrikasi;

250 ming tonna mis ishlab chiqarish quvvatiga ega mis elektrolizi sexi;

600 ming tonna sulьfat kislotasi ishlab chiqarish tsexi;

40 ming kub metr kislorod ishlab chiqarish quvvatlari quriladi.

Bundan tashqari, yangi 2-sonli eritish (Vanyukov) pechi qurilishi, anod va konvertor bo’limlarining rekonstruktsiyasi va kengaytirilishi amalga oshiriladi  hamda 6 000 dan ziyod yangi ishchi o’rni yaratiladi.

Bugungi kunda mazkur loyiha doirasida 205,7 mln.dollardan ziyod qiymatidagi yuqori unumli tog’-kon texnikasi import qilindi, mamlakatimizda ishlab chikarilgan 55,4 mlrd.so’mdan ortiq qiymatdagi texnika, shuningdek 36 dona 5,0 mlrd. so’mlik elektr asbob-uskunalar yetkazib berildi.

Ob’ektda qurilish-montaj, tog’-kon va qazish ishlari olib borilmoqda. Loyiha boshlanganidan buyon jami 24,6 mln.kub.m.dan ziyod hajmda qazish ishlari bajarildi. Agar 2017 yilda 3,2 mln.kub.m. va 2018 yilda 13,0 mln.kub.m. qazish ishlari amalga oshirilgan bo’lsa, 2019 yilning yanvar-may oylarida 8,4 mln. m³ tuproq va qazish ishlari bajarildi. (2019 yilda bajariladigan ishlar hajmi 20 mln. m³  tashkil etadi).

Qizil-olma koni bazasida “Samarchuk” yer osti koni qurilishi loyihasi doirasida umumiy qiymati 71,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o’zlashtirilishi hamda loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga tarkibi oltinga boy 100 ming tonna ruda qazib olishni tashkil etish va 269 ta yangi ish o’rni yaratish belgilangan.

Hozirgi kunda yer usti ishlari tugallanib, shaxtada konchilik ishlari davom etmoqda va rejadagi 523 p/m qazish ishlarining 513 p/m qismi bajarildi. Joriy yilning oktyabr oyiga qadar qazish ishlarini nihoyasiga yetkazish hamda shaxtada kon ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan uskuna va jihozlarni o’rnatish ishlarini boshlash ko’zda tutilgan.

“Xom-ashyoni qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirilishi hisobiga 124,6 million AQSH dollari miqdoridagi mablag’lar o’zlashtiriladi, shuningdek Qalmoqqir va Saricho’qqi konlaridan ruda qazib olish hajmlari 3,1 million tonnaga oshiriladi.  Asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda. Agar mazkur kondan 2017 yilda haqiqatda 37,2 mln. tonna ruda qazib olingan bo’lsa, 2021 yilda loyiha ishga tushganidan so’ng uning quvvati yiliga  40,3 mln. tonnaga yetkaziladi. Bugungi kunda 2 izli spiralsimon tushish yo’lagi uchun temir yo’l osti polotnosi yotqizish ishlari olib borilmoqda.

“Asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruktsiya qilish va stabillashtirish Dasturi” doirasida 2019-2022 yillarda mis boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilash ko’zda tutilgan. Loyihani amlga oshirilishi natijasida 357,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o’zlashtirish bilan bir qatorda korxonaning nafaqat joriy ishlab chiqish quvvatlari modernizatsiya qilinadi, balki atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilar hamda zaharli gazlar miqdori sezilarli darajada kamayishiga erishiladi, ishchi va xizmatchilar uchun yetarli xavfsizlik choralari ko’rilgan ishlash va dam olish sharoitlari yaratiladi. Hozirgi kunda ob’ektlarda ta’mirlash va tiklash, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Korxona tomonidan Qizil-olma koni bazasida “Mejdureche” yer osti koni qurilishi loyihasining amalga oshirilishi hisobiga umumiy qiymati 120,0 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o’zlashtirilgani holda yiliga tarkibi oltinga boy 120 ming tonna ruda qazib olishni tashkil etish va Angren shahrida mavjud bo’lgan ish o’rinlarini saqlab qolinishiga erishiladi.

Shu o’rinda erishiladigan natijalarga alohida e’tibor qaratamiz.

Yuqorida qayd etilgan 5 ta yirik loyiha doirasida 2019-2022 yillarda jami 1 milliard 256,7 million AQSH dollari miqdoridagi mablag’lar o’zlashtiriladi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 6 000 dan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etiladi. Shu bilan birga, rudani qazib olish quvvatlarini 3 baravarga, rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarilishini qariyib 2 baravarga, eksport hajmini 1,6 martaga va byudjetga tushumlar 1,3 martaga oshirilishiga erishiladi.

Matbuot anjumani juda qiziqarli o’tib, savol-javoblarga boy bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech