Yangiliklar

Murojaatlar haqida tahliliy ma'lumot

on .

“Olmaliq KMK” AJga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida tahliliy axborot

“Olmaliq KMK” AJning ijro apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan 2019 yilning 6 oyi davomida 980 ta yozma, 814 ta og’zaki, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 392 ta, jami 1794 ta murojaat qabul qilingan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1022 tasi – ishga kirish, ishga tiklash va boshqa mehnat munosabatlari, 260 tasi – moddiy yordam ajratish, kommunal xizmat ko’rsatish, xizmat turar joyi ajratish va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar, 512 tasi esa boshqa masalalar bilan bog’liq bo’lgan.

2019 yilning fevral, mart va may oylarida  “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi boshchiligida kelib tushgan murojaatlar bo’yicha yig’ilish o’tkazilib, ko’p ko’tarilayotgan masalalar va takroriy murojaatlar bo’yicha tahlil o’tkazilgan hamda murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berilgan.

“Olmaliq KMK” AJ murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlar tomonidan yil boshidan buyon “Olmaliq KMK” AJda murojaatlar bilan ishlash holatlari bo’yicha o’rganishlar amalga oshirilgan. O’rganishlar jarayonida 7 ta kamchilik aniqlangan bo’lib, bular bo’linmalardagi ish yurituvchilar tomonidan murojaatchilarga yuborilgan javob xatlarini o’z vaqtida ijro apparatiga taqdim etilmaganligi va murojaatni ko’rib chiqayotgan korxona tomonidan murojaatchilar bilan og’zaki tushuntirish ishlarini yetarli darajada olib borilmaganligi bilan bog’liq.

Kelib tushayotgan murojaatlarning ko’p qismi ishga kirish masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli Olmaliq shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu masalalar yechimini topishda amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida tegishli murojaatlar yuborilgan.

Yuqorida ko’rsatilganidek, ishga kirish bilan bog’liq murojaatlar kelib chiqishining asosiy sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish, hududdagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bandligini ta’minlash hamda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun Olmaliq shahar hokimligi va shahardagi tegishli mutasaddi rahbarlar, xususan, mehnat birjasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishga kirish to’g’risidagi muammolarni bartaraf etish hamda murojaatlar sonini kamaytirish maqsadida 2018 yilning boshidan 28 iyun kuniga qadar aholini ish bilan ta’minlash va bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va “Olmaliq KMK” AJga biriktirilgan kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida bir nechta qabullar o’tkazilib, unda 900 nafardan ortiq fuqarolar, jumladan kollej bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan. Shu jumladan, Olmaliq shahar hokimligi va mehnat birjasi yo’llanmalari orqali 191 nafar kam ta’minlangan, nogironi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolari ish bilan ta’minlandilar.

Shuningdek, murojaatchilarga og’zaki ravishda va OAV orqali “Olmaliq KMK” AJga ishga kirish tartibi, bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlar berish hamda tegishli tushuntirish ishlarini olib borish tizimi yo’lga qo’yilgan. Xususan, “За цветные металлы”, “Rangli metallar” gazetasida 3 ta, kombinatning rasmiy saytida 1 marotaba tegishli ma’lumotlar berilgan.

2019 yil yarim yilligi davomida murojaatlarni ko’rib chiqishda kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yganligi uchun 3 nafar mas’ul xodim tegishli javobgarlikka tortilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 21 noyabrdagi 07-2955-sonli topshirig’iga asosan qabul qilingan “Olmaliq KMK” AJning 2018 yil 26 noyabrdagi 1939-sonli buyrug’iga asosan boshqaruv raisining xodimlar bo’yicha o’rinbosari A.Mirzadjanov murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish bo’yicha mas’ul rahbar etib tayinlangan va aniq vazifalari ko’rsatib o’tilgan.

Quddusxon ISMOILOV 

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini nazorat qilish

va muvofiqlashtirish xizmati boshlig’i

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech