http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kombinat qovunlari - eksportga

on .

“Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchastkasi mirishkorlari xalqimiz dasturxoniga sara sabzavotlar yetkazib berishga bel bog’lashgan.

Amaldagi yilda ular tomonidan 2 gektar yerga sabzi, 4,5 gektarga piyoz, 3 gektarga sarimsoq piyoz, 5 gektarga osh lavlagi, 10 gektarga oshqovoq, 60 gektarga kungaboqar, 8 gektarga tarvuz kabi qishloq xo’jaligi ekinlari ekildi. Ahamiyatlisi, jizzaxlik kombinat dehqonlari jami bo’lib 120 gektar yer maydoniga oq urug’ qovun navini ham ekishgan bo’lib, ushbu qovunlar eksport qilinadi. 120 gektar maydonning 20 gektar g’alladan bo’shagan yeriga qovun urug’lari plenka ostiga ekilganligini alohida ta’kidlash joiz.

Hozirda qo’shni Tojikiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilgan. 18 iyul kuni ilk hosil yig’ib olinadi. Va shu kuni dastlabki qovunlar eksporti amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, 120 gektar yerdan 1500 tonna qovun hosilini olish ko’zda tutilmoqda. Eksport sohasida ishlar davom ettirilib, mazali, tilni yorar oq urug’ qovun navlari Ukraina davlatiga ham eksport qilinishi rejalashtirilayapti.

Yurtimiz iqtisodiy qudrati yuksalishida o’zlarining kamtarona hissalarini qo’shib kelayotgan kombinat mirishkorlariga bundanda yuqori hosil olishlarini tilab qolamiz.

  Sherzod Tilovberdiyev

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech