http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Mashg’ulotlar muntazam o’tkaziladi

on .

O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini omma o’rtasida keng targ’ib qilish, ishchi-xodimlarning mazkur yuridik hujjat bo’yicha bilimlarini oshirish maqsadida shu oyning so’nggi o’n kunligida “Olmaliq KMK” AJ Mis eritish zavodi Metallurgiya sexida uchrashuv va mashg’ulotlar olib borildi.

Jumladan, sexning texnika xavfsizligi muhandisi D.Eshmonov bilan birgalikda o’tkazilgan “Birlamchi yong’in o’chirish vositalari”, “Yong’in sodir bo’lgandagi xarakatlar tartibi” mavzusidagi uchrashuvlarda ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari hamda ishchi-metallurglar faol ishtirok etishdi. Mashg’ulotlar davomida ularga yong’inni bartaraf etishdagi harakatlarini to’g’ri tashkil etish, uning taktik va jangovor mahoratini oshirish to’g’risida ma’lumotlar ham berib borildi. Mashg’ulotlar yuzasidan o’tkazilgan muhokamada maskan kuzatuvchilari va yong’in xavfsizligi yo’riqchilari jarayonda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarga to’xtalishib, kelgusida tajriba, ko’nikmalarni oshirish uchun bunday mashg’ulotlar muntazam ravishda tashkil etilishini ta’kidlab o’tdilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech