http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Marra muvaffaqiyatli bosib o’tildi  

on .

Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodida zimmadagi ishlab chiqarish reja-topshiriqlarini o’z vaqtida sifatli amalga oshirish yo’lida ishlar qizg’in olib borilmoqda.

Zavod rahbariyati tomonidan vazifalarning qat’iy asoslarda yo’lga qo’yilayotgani hamda har bir tsex va bo’lim jamoalarining sidqidildan yondashuvi ishlar unumida o’z aksini topayapti. Ayniqsa, korxonaning asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan Kuydirish sexi ishchi-xodimlarining hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bois oylik reja ko’rsatkichlari salmoqli bo’layotganini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Xususan, sex jamoasi o’tgan iyun oyi uchun belgilangan 66555 tonnalik yarim tayyor mahsulot majburiyatini 75000 tonnaga ortig’i bilan bajarib, mehnat marrasini muvaffaqiyatli bosib o’tishdi. Bu yutuqlarning ta’minlanishida sexdagi aylanma kuydirish pechlari hamda qurilmalarida rejali ta’mirlash ishlarining bosqichma-bosqich sifatli amalga oshirilgani ham muhim rol o’ynadi. Pech mashinisti Shahobiddin Ubaydullayev va boshqaruv pulti operatori Hakim Saparovlarning so’zlariga ko’ra, bir kunda o’rtacha 2600 tonnagacha yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, uning barobarida pechlar ishining muntazamligiga ham erishildi. Ayni paytda jamoa tomonidan mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida tabiiy gaz va elektr energiya sarfini kamaytirish uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotda qo’llanilmoqda.

Bir so’z bilan aytganda, zavodimizda ishlab chiqarilayotgan portlandtsementning sifat ko’rsatkichlari aynan Kuydirish tsexi jarayonlariga bog’liqligini his qilgan holda barcha rahbar va ishchi-xodimlar mas’uliyat hamda aniqlik bilan ishlamoqdalar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech