http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Talabga muvofiq sharoitlar

on .

Markaziy analitik tahlil laboratoriyasi OKMKning mustaqil bo’linmasi sifatida 1967 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lsa, uning tarkibidagi 4 ta bo’limlar va ular tarkibiga kiruvchi guruhlarda murakkab kimyoviy namuna, spektrial tahlillari kombinat korxonalarida qo’llanilayotgan xom ashyolar va tayyor mahsulotlarda o’tkazib kelinadi.

Laboratoriyada tahlil tadqiqotlarini olib borishda eritish, kuydirish, oksidlantirish, tozalash, quritish va sovutish kabi bir qator jarayonlar qo’llanilgani bois o’zidan issiqlik chiqaruvchi laboratoriya qurilmalaridan foydalaniladi. Mufel, gorn pechlaridan ajralib chiqariladigan yuqori harorat va gazlarni so’rib olish uchun   ventilyatsiya qurilmalari doimiy ishlatilishi yo’lga qo’yilgan. Laboratoriya elektromexanigi Islom Aslonov rahbarligida laboratoriya xonalaridagi ventilyatsiya tizimlari barqaror faoliyati ta’minlab boriladi. Mamlakatimiz hududlarida kuzatilayotgan ayni kunlardagi yuqori haroratni inobatga olgan holda ishlab chiqarish xonalarida mo’’tadil iqlim va yetarli havo muhiti, talabga mos mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqilib, ular bajarib borilmoqda. Shu jumladan, qo’shimcha sovutgichlar o’rnatilgan holda har bir guruhda ichimlik suvi tartibi yo’lga qo’yilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech