Yangiliklar

Nufuzli xorij kompaniyalari taqdimoti

on .

Ma’lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan ishchan hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida tashrif buyurayotgan nufuzli xorij kompaniyalari tomonidan o’tkazilayotgan taqdimotlar davom etmoqda.

9 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining “Fan va innovatsiya” AJ(Rosatom) mas’ullaridan iborat delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo’lishdi. Ushbu xorij delegatsiyasi dastlab Chirchiqdagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga tashrif buyurishib, O’zbekiston-Koreya ilmiy-texnologik markazi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar Qalmoqqir kon boshqarmasi kuzatuv maydonida bo’lishdi hamda balans ortini ham ko’zdan kechirdilar. Shundan so’ng, delegatsiya a’zolari ijro apparati majlislar zalida Rossiyaning “Fan va innovatsiya” AJ(Rosatom) ilmiy davlat korporatsiyasi va kimyo-texnologiya bo’yicha yetakchi ilmiy-tekshirish instituti(VNIIXT)ning vakolat va imkoniyatlari mavzuida taqdimot o’tkazdilar.

Taqdimotda OKMK mas’ullari, yetakchi mutaxassislar, boshqarma va bo’lim mutasaddilari ishtirok etishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech