http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“Olmaliq KMK” AJ Afg’onistonga sement yetkazib beradi

on .

Avval xabar berganimizdek, iyul oyi boshida Afg’onistonning Mozori-Sharif shahrida “MADE IN UZBEKISTAN”, ya’ni “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlarning ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ushbu ko’rgazmada mamlakatimizning nufuzli ishlab chiqaruvchi korxonalari - “Navoiy KMK” DK, Bekobod metallurgiya kombinati, ARTEL mahsulotlari, shuningdek to’qimachilik, don va yog’ mahsulotlarimiz, baliqchilik va avtosanoatchilarimiz ishtirok etdi. Ushbu ko’rgazmada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o’zining xaridorgir sement mahsuloti bilan qatnashdi. Afg’onistonliklar OKMK da ishlab chiqarilayotgan sement mahsulotiga alohida e’tibor qaratishdi va manfaatli shartnomalar imzolandi.

Endilikda OKMK afg’on xalqiga ulkan bunyodkorlik ishlari uchun Sherobod sement zavodida ishlab chiqarilayotgan sifatli sement mahsulotining eksportini amalga oshiradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech