http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

MTMZ: istiqbollar sari izlanishlar davom etadi

on .

“Olmaliq KMK” AJning asosiy ta’mir korxonasi hisoblangan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida po’lat va rangli quyish mahsulotlari, nostandart uskunalar va metall qurilmalari, ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida so’nggi yillarda olib borilgan texnik va texnologik qayta qurollantirish ishlari bugunga kelib o’z natijasini bermoqda.

Qo’lga kiritilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmagan holda kombinat ta’mirchilari tomonidan yanada ulkan loyihalarni amalga oshirishga dadil kirib borayotgani diqqatga molikdir. Jumladan 2-Ta’mir-mexanika sexini bunyod etish ishlariga joriy yilda kirishilgan bo’lsa, mavjud Mexanika-yig’uv sexining imkoniyatlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’zining yakuniy pallasiga kirgan.

Ma’lumki, 2014 yilda import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizdagi yirik korxonalarning tog’-konchilik uskunalari ehtiyot va butlovchi qismlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida Mexanika-yig’uv sexi qoshida tog’-konchilik uskunalari uchastkasi tashkil etilgan edi. Ishga tushirilishining dastlabki yillaridanoq raqobatbardosh yangi, sifatli mahsulotlari bilan shuhrat qozongan mazkur uchastka imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida uning ishlab chiqarish maydonini yanada kengaytirish va qo’shimcha dastgohlar o’rnatish taklifi mukammal o’rganilib, joriy yilning fevralidan boshlab uchastkani kengaytirish ishlariga keng miqyosda kirishildi. Dastlab, yer relefini tayyorlash tuproq ishlari olib borilgan bo’lsa, keyinchalik metall konstruksiyalar osti anker tayanch asoslarini o’rnatish, poydevorlarni tiklash, metall qurilmalarini o’z o’rniga o’rnatish ishlari bajarildi. Shu bilan birga o’rnatiladigan dastgohlar osti poydevor asoslarini tiklash ishlari ham yakuniga yetkazildi. Metall qurilmalarini uzluksiz keltirish va ularni o’rnatish ishlari yuqori sur’atlarda tashkillashtirildi. “Olmaliqmetallurgqurilish tresti montajchilari va maxsus texnikalari yordamida ishlar to’xtovsiz olib borilishi yo’lga qo’yildi.

Mexanika-yig’uv sexi ishlab chiqarish ustasi Muzaffar Abdujalilovning ma’lumot berishicha, yangi uchastkada qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichga qirib bormoqda. Metall qurilmalari va tom qismini o’rnatish ishlari oxiriga yetishi bilan yuk ko’tarish quvvati 20/5 tonnani tashkil etuvchi ko’prikli kran o’rnatiladi va 2 ta tokarlik, tokarlik vint-kesuv, tish botiq kesuvlarini amalga oshiruvchi gorizontal dastgohi o’z o’rniga montaj qilinishi ko’zda tutilgan. Mazkur dastgohlar eng so’nggi zamonaviy rusumdagi bo’lib, germaniyalik dastgohsozlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Dastgohlarni montaj qilish, rostlash, sozlash boshqarishga jalb etiladigan ishchilarni qayta o’qitish va malakasini oshirish ishlari bir vaqtning o’zida olib borilmoqda. Tog’-konchilik uskunalari uchastkasida hozirga qadar 32 ta turli dastgohlardan foydalanib kelinayotgan bo’lsa, uchastka kengaytirilishi bilan ularning soni 37 taga chiqariladi. Yangi dastgohlar yirik hajmdagi ehtiyot va butlovchi qismlarga keng profilli ishlov berishi bilan ajralib turadi.

Uchastkaning Aleksandr Xorunov, Faxriddin Abdusodiqov, Elmurod Suyundiqov, Vohid Tojimurodov va Yigitali Pardayev kabi tajribali ishchi-xodimlari yangi dastgohlarga biriktiriladi. Avgust oyi oxiriga qolmasdan uchastkada barcha ishlar yakuniga yetkazilishi va mamlakatimiz davlat mustaqilligi bayrami arafasida uni foydalanishga topshirish maqsad qilingan. Uchastka ish maydoni kengaytirilishi bilan katta o’lchamdagi sharli tegirmonlar, GIL va GIST saralash g’alvirlari, shaxtalar vagonchalari, GRAT nasoslari, gidrosiklonlar, kon chig’ir(lebedka) lari hamda tasmali konveyrlar asoslari kabi uskunalarning 127 xil nomdagi ehtiyot va butlovchi qismlarini tayyorlash va ishlab chiqarish hajmi yana ortishi kutilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech