http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Ozoda va obod shahar yo’lida

on .

Olmaliq kon-metalllurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishda, balki ijtimoiy ob’ektlarni xalqimiz farovonligi yo’lida bunyod etishda, uni ta’mirlash va tiklashda ham hamisha o’z tashabbusini ko’rsatib kelmoqda.

Kuni-kecha kombinat boshqaruvi raisi A.Xursanov boshchiligida bir guruh kombinat rahbarlari bilan shahrimiz ko’chalari, ko’p qavatli uylar va uning yon-atrofi, markaziy yo’l yoqasidagi ijtimoiy ob’ektlar va ob’ekt egalari  bo’lgan tadbirkorlarning shahar obodligiga qo’shayotgan hissalarini ko’zdan kechirish maqsadida mo’jaz reyd amalga oshirildi.

Ko’plab hamshaharlarimiz markaziy ko’chalardagi binolardan tadbirkorlik maqsadida foydalanishmoqda. Ammo uning yon-veridagi chiqindi uyumlari, qurigan dov-daraxtlar, o’t-o’lanlar, umid bilan ekilgan-u ammo sug’orilmay, qurib, qorayib qolgan gullar, chiqindilarga to’la ariq-zovurlar... Ko’zni, ko’ngilni xira etayotgan bu holatlarga qachon barham beriladi!

Shu kuni  kombinat rahbariyati tomonidan aksari tadbirkor va bino egalariga takliflar berildi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatildi, fikr-mulohazalar aytildi.

Tadbirkorlar shahar obodligiga o’zlarining ozgina bo’lsa-da hissalarini qo’shishlariga umid qilib qolamiz!

Zero Olmaliq shu yerda yashayotgan, ishlayotgan va ta’lim olayotgan har bir fuqaroning sevimli shahri va shunday bo’lishi shart! Uni ozoda va obod etishga 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan har bir olmaliqlik mas’ul!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech