http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Yosh jamoaning zalvorli vazifalari

on .

«Olmaliq KMK» AJ Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi tarkibida 2017 yil iyul oyida yangi uchastka tashkil etilgan edi.

Ushbu yangi 8-texnologik qurilmalarni yig’ish va montaj qilish uchastkasi o’tgan ikki yil davomida bildirilgan ishonchni to’la oqladi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan Yoshlik-1 hamda Yoshlik-2 konlarida foydalaniladigan kon texnikalarini yig’ish va montaj qilish uchun tashkil etilgan uchastka, kombinatning boshqa ob’ektlarida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Bu haqda quyida uchastka boshlig’i Abduqodir Mirahmedov batafsil ma’lumot beradi.

Kombinat tarkibida tashkil etilgan yangi Yoshlik-1 va Yoshlik-2 konlari uchun keltirilgan kon texnikalari – ekskavatorlar, burg’ulash uskunalari, 130 tonnalik BelAZ rusumli avtogigantlarni yig’ib, montaj qilamiz. Shuningdek, kombinat rahbariyatining topshirig’iga ko’ra, 2018 yil noyabr oyidan boshlab rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan Rux zavodida ham faoliyat yurita boshladik.

Dastlab, zavodning sulfat kislota sexida 2ta PMKTS-10 elektrfiltrlarini 2- va 8-sini demontaj va montaj qildik. Elektrofiltrlarning korpusi ham uchastkamiz ishchilari tomonidan yasaldi. Zavodning Kuydirish sexidagi KS - 2 pechida demontaj va montaj ishlarini bajardik. Hozirda Saralash sexidagi barcha reaktorlar va quyuqlashtirgichlarni yangilash ishlarini olib borayapmiz. Ushbu uskunalarning metall korpuslari almashtirilmoqda. Yana bir muhim jihat reaktorlarga kombinatda birinchi marotaba 4 mm.li qo’rg’oshin qoplama qoplanmoqda. Bu turli ishqorlar bilan to’yingan aralashmalardagi ishqorlarni reaktor devorlariga ta’sirini kamaytirib, uni uzoq muddat ishlashiga xizmat qiladi. Bu yangilik Kadmiy sexidagi 3ta agitator va 3ta to’plovchilarga ham qo’llanildi. Bu yangilik mutaxassislar tomonidan qo’shni Qozog’istondagi sanoat korxonalarida qo’llanilgan. Metall korpuslarga qo’rg’oshin qoplamasi qoplanganidan so’ng, suv bilan tekshirib ko’riladi. Bundan tashqari, parallel ravishda Yoshlik koni uchun “Olmaliqsoy” tashlama konidagi ekskovator maydonchasida EKG-15-M ekskavatorini ham yig’ayapmiz. Ushbu maydonchada jami bo’lib 3 dona yangi ekskavatorlar yig’iladi. Ushbu ekskavatorning yig’ish jarayoni bilan tanishadigan bo’lsak, birgina ekskavatorning o’zi 31ta vagonda qismlarga bo’lingan holda olib kelinadi. Qizig’i shundaki har bir detal bosqichma bosqich keltiriladi. 125 tonnalik temiryo’l krani yordamida tushiriladi. Ekskavatorning birgina harakatlantiruvchi ramasining og’irligi 60 tonnaga yaqin. Ishchilarimiz chizmalarga qarab, ekskovatorni yig’ib borishadi. Dastlab zanjir tasma zvenosidan yig’ish ishlari boshlanadi. Va pastdan tepaga qarab jarayon davom etadi. Yig’ish jarayoni 19ta yo’nalishda olib boriladi. Kondagi ma’danlarni qazib oluvchi ekskavatorning to’liq yig’ilishida albatta tajriba qo’l keladi. Har bir detalning, ehtiyot qismning o’z o’rniga o’rnatilishi o’ta sinchkovlik talab qiladi. Bunda ustalar Asilbek Omonqulov, Sarvar Nazarov, elektrpayvandchilar Shunqor Nuriddinov, Ilhom Nurmatov, Dilshod Jumanazarov, montajchilar Samandar Aripov, Baxtiyor Sulaymonovlarning mahoratlari asqotmoqda.

Xabaringiz bor, kombinat tarkibida yana bir muhim ishlab chiqarish ob’ekti - 3-Mis boyitish fabrikasini barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu korxonaning texnologik qurilmalarini yig’ish vazifasi uchastka jamoasiga topshirilishi rejalashtirilmoqda. O’ylaymizki, jamoamiz bu vazifani ham yorug’ yuz bilan ado et adi.

Sherzod TILOVBERDIYEV

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech