http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Qalmoqqir doimo yuksak maqsadlarni ko’zlaydigan jamoa

on .

Nodir va rangli metallarni qazib olish va qayta ishlab bilan shug’ullanuvchi va rivojlangan ijtimoiy sohasiga ega bo’lgan “Olmaliq KMK” AJ tarkibi kiruvchi Qalmoqqir koni nafaqat respublikamiz balki jahondagi eng yirik mis-molibden koni hisoblanib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy xom-ashyo koni sifatida e’tirof qozongan.

Aynan uning negizida Markaziy Osiyoda o’ziga xos o’rinda turuvchi Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, ko’plab yordamchi sexlar, ta’mir va transport korxonalarining faoliyati yo’lga qo’yildi. O’z faoliyatinini yo’lga qo’ygan 1955 yildan to 2018 yilgacha Qalmoqqir konchilari tomonidan 1 287 655 000 tonnadan ziyod foydali kazilmalar qazib olingan. Qalmoqqir kon maydonining sulfidli rudalari yengil boyitilishi bilan farqlanib, undan misning saralanishi 75% dan 80% gachani tashkil qiladi. Ayni kunga kelib karerlarda qazib olish ishlari kombinatsiyalangan usulda olib boriladi. Pastki gorizontlardan tog’ jinslari avtomobil transporti yordamida yuqoriga olib chiqiladi, temir yo’l transport vositalariga qayta yuklangan holda rudalar boyitish fabrikalariga uzluksiz jo’natilishi yo’lga qo’yilgan. Qalmoqqirning uchta kareri va Sariq cho’qqi konida kon qazib olish ishlarini amalga oshirishga 52ta eng zamonaviy kon qazib olish texnikalari safarbar etilgan.

Markaziy, Sharqiy ustki qatlamlarni ochish karerlari, Sariq cho’qqi koni, bo’sh jinslarni to’plab va joylashtirish bo’yicha №1 va № 2 uchastkalar, LEP va kontakt tarmoqlari uchastkasi, Ixtisoslashtirilgan markaziy ta’mir uchastkasi, Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari uchastkalariga bo’lingan holda boshqarma tomonidan kon qazib olish va ta’minot ishlari olib borilmoqda. Qalmoqqirning salkam 60 yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, uzoq yillar konga rahbarlik qilib kelgan Albert Matitsin, Viktor Ramme, fidoyi konchi muhandislar Toshpo’lat Ernazarov, Abduqodir Muratov, Abduvayit Boymatov, Yaroslav Boduen konchilik tajriba maktabini yaratgan Qosim Safarov, Leonid Kim, Gayrat Mavlyanovlar kabi konchilar nomini keltirib o’tish zarur bo’ladi. 1998 yilda Markaziy karer ekskovator mashinisti Jonsaid Turdiyev “O’zbekiston Qahramoni” degan sharafli nomga munosib ko’rilgan bo’lsa, uning Ustki qatlam kareridagi hamkasbi Saydvali Rahmanov 2007 yilda ana shunday yuksak martabaga erishdi. Tariximiz va bugungi kunimiz o’rtasida shunday bir mushtarak jihatlar borki bu Qalmoqqirning bugungi marralari va ertangi istiqbolli rejalarida shaksiz o’z aksini topmoqda. Kombinat bosh konining ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga o’z ulushini qo’shib kelayotgan Shuhrat Niyozov kabi muhandis texnik xodim, mutaxassis va konchilarimiz nomini men mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tgan bo’lardim. Qalmoqqirning yaqin yillardagi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Qalmoqqir aynan mamlakatimiz davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgan ilk yillardan boshlab o’zining yangi yuksalish tarixini boshlagan deb xulosa qilish mumkin. 1993 yilda 19,5 mln tonna keyingi yili esa 13,6 mln. tonna miqdorida ruda qazib olingan bo’lsa 1996 yildan boshlab bu ko’rsatkich asta- sekin ko’tarilib borgan.1993 yilda ustki qatlamlarni qazib olish 12027 ming m3, 1998 yillda esa atigi 5 184,6 ming m3 tashkil etgan bo’lsa, 1999 yildan boshlab bu borada ham olg’a siljishga erishildi. 2010 yilda ustki qatlamlarni qazib olish ishlarida keskin o’sishga erishildi va bu o’sish hozirgacha barqaror saqlab kelinayotgani e’tiborga molikdir. Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidentining “Qalmoqqir konini qayta kengaytirish va rekonstruktsiya qilish" investitsion loyihasini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2009 yil 23 noyabridagi qaroriga asosan, kombinatning bosh konidan ekskovatsiya va kon texnikalarini yangilash borasida katta hajmdagi ishlarga kirishildi. 2009 va 2011 yillar mobaynida EKG-10 va EKG-15 rusmli 13ta ekskovator, 10ta SBSH-250 MNA burg’ulash dastgohlari, 16ta buldozerlar, 3 tadan avtogreyder va avtoyuklagichlar, 5 ta tortish agregatlari, 43ta dumpkarlar, 3ta zaryadlash mashinalari va 2ta BP-100 burg’ulash dastgohlari xarid qilinib, qisqa muddatlarda yig’ilgan holda foydalanishga topshirildi. Ushbu texnik va texnologik yangilanishlar natijasida Qalmoqqirning ruda qazib olish quvvati yildan yilga oshib bormoqda. Mamlakatimiz rahbarining qaroriga asosan, investitsion dastur ijrosi kon qazib olish ko’rsatkichini yana 4 mln. tonnaga oshirish imkonini berdi. 2008 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 2015 yilda rudalarni qazib olish 1,5 barobarga oshirilib 26,3 mln. tonnadan 38,9 mln. tonaga yetkazildi. Buning evaziga OKMK tomonidan mis mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1,5 nodir metallar ishlab chiqarish 1,3 barobarga oshirildi. Qalmoqqir kon boshqarmasi konchilari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida tog’ jinslarini qazib olish bo’yicha ko’rsatkichi 100,7% bajarildi. Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini 2030 yilgacha bo’lgan davrda rivojlantirish dasturi shaksiz OKMK tarixida yangi davrni boshlab berdi. 2017 yilning 11 avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning OKMKga tashrifi davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” investitsion loyiha ijrosiga, yangi kon-boyitish kompleksi qurilishiga start berildi. 2028 yilda to’liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Yoshlik I” konini o’zlashtirish ishlarida Qalmoqqir kon boshqarmasining konchilik tajriba maktabidan foydalanilayotgani e’tiborga molikdir. Ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlarini davom ettirish, samaradorlikni oshirish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish, mis-molibden, tarkibida oltin bo’lgan va polimetall rudalarni qazish va qayta ishlash hajmini oshirish va ular asnosida tayyor mahsulotlar turini ko’paytirishni o’z oldiga vazifa qilib olgan OKMKning bosh bo’g’ini sifatida Qalmoqqir kon boshqarmasi jamoasi o’z oldiga qo’ygan ulug’ marralari sari dadil qadam tashlab boraveradi.

Umid TOJIYEV,

Qalmoqqir kon boshqarmasi bosh muhandisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech