http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

OKMK Minskdagi ko’rgazmada

on .

Kecha Belorussiyaning Minsk shahrida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” – “Made in Uzbekistan” ko’rgazmasi o’z ishini boshladi.

2 avgustga qadar davom etadigan ushbu ko’rgazmadan mamlakatimizdagi 80ta korxona va 15ta xo’jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan 1000dan ziyod mahsulot turlari o’rin oldi. 3,5 ming kv.m. bo’lgan maydonda “O’zbektekstilsanoat", “O’zcharmsanoat”, “O’zeltexsanoat”, “O’zsanoatqurilishmateriallari”, “O’zbekoziqovqatxolding”, “O’zkimyosanoat”, “O’zbekneftegaz”,  “Navoiy KMK” DK, “O’zmetkombinat”, avtomobilsozlik sanoatimiz tomonidan namoyish etilayotgan ko’rgazmalar qatoridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarilayotgan mis quvurlari, emallangan sim, metalli rux, kadmiy, volfram, molibden kabi sanoat mahsulotlarimiz ham o’rin olgan.

Ushbu “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” – “Made in Uzbekistan” ko’rgazmasi Belorussiya hududida o’tkazilayotgan 1-forumdir. Ushbu forum OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan emallangan sim, mis quvurlari hamda nodir metallar va boshqa mahsulotlarimizning sotuvi - eksporti bo’yicha ikki tomonlama manfaatli shartnoma-kelishuvlarga erishilishida o’ziga xos imkoniyat hamdir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech