http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Markaz bilan tengdosh sex

on .

1958 yili Issiqlik elektr markazi tashkil etilganidan so’ng, birin-ketin sexlar ham ishga tushirila boshlangan.

Shahar hududida tashkil etilgan Yer osti kommunikatsiyalari va issiqlik tarmoqlari sexi bejiz Sanoat zonasining tashqarisida qurilmagan edi. Sababi, shahar aholisini uchun Issiqlik elektr markazidan yuborilayotgan issiq suv ko’rinishidagi issiqlik energiyasining bosimi ushbu sex tomonidan ko’tarib berilib, iste’molchilarga talofatlarsiz yetkazib berishga mo’ljallangan.

O’tgan davr mobaynida sex jamoasining sa’y-harakatlari bilan shahar aholisiga uzluksiz issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

Olmaliq shahrining relefi tekis bo’lmaganligi uchun aynan bizning seximizga shahar aholisi va boshqa korxonalar uchun bug’ va issiq suv ko’rinishidagi issiqlik energiyasini yetkazib berish vazifasi yuklatilgan. 543-nuqtada joylashgan nasos stantsiyamizda SE-800/100 nasos qurilmalari uzluksiz ravishda issiqlik energiyasini yetkazib beradi. Bunda IEMdan kelayotgan issiq suv 1kgdan 10gacha ko’tarib beriladi. Reja bo’yicha har oyda sex tomonidan o’rtacha soatiga 57000 Gk issiqlik energiyasi iste’molchilarga yuborilmoqda. Bundan tashqari, shaharning yuqori qismida 9ta nuqtada KM100/65-200 rusumli nasoslari ham o’rnatilgan bo’lib, ushbu nasoslar iste’mochilarga oktyabr-aprel oylarida, ya’ni istish mavsumida issiq suvning bir me’yorda borishini ta’minlaydi.

Zaxmatli mehnat evaziga olinadigan energo resurslarni me’yoriy talablar bo’yicha iste’molchilarga yetkazib berishda issiqlik uzatuvchi trassalar muntazam nazorat qilib boriladi. Trassa quvurlaridagi aniqlangan nuqsonlar zudlik bilan bartaraf etiladi. 30 iyul holatiga sex tomonidan 1223 pogonometr issiqlik trassasi quvurlari yangisiga almashtirildi. Va kelayotgan issiqlik energiyasining issiqligini bir me’yorda ushlab turilishi uchun mineral vata bilan o’ralib, asbestsement bilan suvab chiqildi. Shuningdek, barcha nasoslar isitish mavsumiga tayyorlanmoqda. Zadvijkalarning diametri 500 mmdan 32mm gacha bo’lgan berkitish zulfinlari ham yangilanmoqda.

Erishayotgan yutuqlarimizda albatta, biz yoshlarga boy mehnat tajribalarini qoldirgan ustozlarning hissasi ko’p. Rahimbek Haydarov, Zufar Berdiqulov, Anatoliy Fedotov, Nina Korolyova, Vladimir Vaulinlar yaratgan energetiklar maktabi bugun bizga asqotmoqda. Nasos qurilmalari mashinistlari Zubayda Kovaleva, Zulxumor Baymakova, Yulduz Ibragimova, chilangarlar Tolibjon Mamatqulov, Alisher Qo’shboyev, Bunyod Safarov, o’rovchi Marina Chayeva, gazelektrpayvandchilar Komil Nurmatov, Sobir Xolmanov, ekskavator mashinistilari Abdusattar Bo’tayev, Alisher Sultonov, traktorchi Rustam Ochilovlar ustozlarga munosib izdosh bo’lishga harakat qilishmoqda.

Markazimizning tashkil topganligining 60 yilligiga katta tayyorgarliklar ko’rilmoqda. Biz ham markazning muhim bo’g’ini sifatida erishayotgan yutuqlarimiz bilan qutlug’ sanani kutib olayapmiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki sexning ma’muriy binosi hamda boshqa binolar 2020 yilda to’liq ta’mirlanishi ko’zda tutilmoqda. Shuningdek, sexdagi avtotransport vositalarini ta’mirlash uchun boks tashkil etilishi ham rejaga kiritilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimni Issiqlik elektr markazining qutlug’ 60 yilligi bilan chin dildan samimiy muborakbod etib qolaman.

Sherzod ZOIROV,

Yer osti kommunikatsiyalari va

issiqlik tarmoqlari sexi boshlig’i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech