http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

«Taraqqiyot» Respublika tanlovida Jahongir To’raqulov sovrindor

on .

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqa davlat organlari, tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish maqsadida har 3 yilda istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo’yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovi o’tkazilishi belgilangan.

Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan (45 yosh ham qo’shilgan holda) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Joriy yilda ilk bor o’tkazilgan ushbu nufuzli tanlov ishtirokchilari aqliy salohiyat (IQ-test), psixologik barqarorlik, xorijiy tillarni bilishi, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy- iqtisodiy soha lardagi islohotlardan xabardorlik darajasi bo’yicha onlayn testdan o’tkaziladi.

Ushbu nufuzli tanlovda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Mis boyitish fabrikasi direktorining ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari Jahongir To’raqulov ham ishtirok etib, tanlovning bir qator bosqichlaridan muvaffaqiyat bilan o’tdi va FINALda qatnashdi. Jahongir To’raqulov “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo’yicha “TARAQQIYOT” respublika tanlovining “Sanoat sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi bo’yicha Final bosqichi ishtirokchisi” diplomi va eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, o’z sohasi bo’yicha rivojlangan xorij davlatlarida to’rt oylik stajirovka o’tash imkoniyatini ham qo’lga kiritdi.

29 iyul kuni ijro apparatida bo’lib o’tgan yig’ilishida “Olmaliq KMK” AJ bosh- qaruvi raisi A.X.Xursanov va “SFI Management Group” ishonchli boshqaruv kompaniyasi kuzatuv kengashi a‘zosi Q. K. Shodiyevlar kombinatning umidli, yosh mutaxassisini qutlab, unga kelgusi ishlarida zafarlar tilashdi. So’ng, Jahongir To’raqulovga diplom va sovg’alar tantanali ravishda topshirildi.

Darhaqiqat, kombinat rahbariyati o’zining salohiyatli, bilimli, iqtidorli va serg’ayrat yoshlarini doim qo’llab-quvvatlaydi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech