http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Olmaliqda Prezident sovrini uchun Jahon chempionati oʻtkaziladi

on .

Joriy yilning 8-11-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbogʻli kurash boʻyicha 2002-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ "Metallurg"sport majmuasi mezbonlik qiladigan chempionatga Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Xitoy kabi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin nafar polvonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Jahon birinchiligida oʻgʻil bolalar 42,45,50,55,60,65,71,77,85,95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar 44,48,52,57,63,70, kg.gacha va 70 kg.dan yuqori vaznda gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqada oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 1500 AQSH dollari, 2-oʻrin sohiblari 1000 AQSH dollari hamda 3-oʻringa sazovor boʻlgan polvonlar esa 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech