http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Olmaliqda jahon chempionati oldidan Memorandum imzolandi

on .

Bugun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “OKMK” sport majmuasida belbog’li kurash bo’yicha start olayotgan Jahon chempionati oldidan “Metallurg” MSda O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida Hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

O’zbekiston va Tatariston Respublikasi hukumatlariaro KELISHUV doirasidagi ushbu MEMORANDUMda ikki xalq yoshlarining do’stlik va hamkorlik siyosatini yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport orqali ahillik, tinchlik, do’stona hamkorlikni targ’ib etish, shuningdek, sportning ommaviy sport, nogironlar sporti, sport menejmenti, sportchi kadrlarni yetishtirish, qishki sport turlarini rivojlantirish kabi tadbirlarni o’tkazish belgilangan. Ushbu MEMORANDUMga ko’ra seminarlar, simpozium, konferensiyalar, ko’rgazmalar o’tkazilishi maqsad qilib olindi.

Kelgusida ikki davlat tomonlari xalqaro miqyosdagi belbog’li kurash musobaqalarini tashkil etish, belbog’li kurash bahslariga sportchilarni tayyorlash, o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishga kelishib olishdi.

So’zga chiqqan Tatariston Respublikasi Sport vazirining birinchi o’rinbosari Xalil Shayxutdinov va Toshkent viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Odilxon Rustamovlar ikki do’st xalqni sport yanada birlashtirishi, totuvlik va do’stlikka chorlashini ta’kidlab o’tishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech