http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

“OKMK” sport majmuasida jahon chempionati ochildi

on .

Avval xabar berganimizdek, bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “OKMK” sport majmuasida O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti sovrini uchun Belbog’li kurash bo’yicha o’smirlar va qizlar o’rtasidagi jahon chempionatining ochilish tantanalari  bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Toshkent viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Odilxon Rustamov, Tatariston Respublikasi Sport vazirining birinchi o’rinbosari Xalil Shayxutdinov, Butunjahon Belbog’li kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Gintautas Vileytalar so’zga chiqib, mehmonlar, muxlislar va barcha sportchilarni Jahon chemionatining ochilish tantanalari bilan qutlab, barchaga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shundan so’ng “Metallurg” MS ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan tuli millat va xalqlarning kuy-qo’shiqlari, raqslari namoyish etildi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Toshpo’lat Matkarimovning diltortar qo’shiqlari barchaga manzur bo’ldi.

Tashkilotchilar tomonidan faxriy mehmonlarga esdalik sovg’alari tarqatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Belbog’li kurash bo’yicha o’smirlar va qizlar o’rtasidagi jahon chempionatining final bosqichiga start berildi.

Quyida chempionatning ochilish tantanalaridan fotoreportaj.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech