http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kombinat mirishkorlari tomonidan g’alla rejasi bajarildi

on .

“Olmaliq KMK” AJ Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mirishkorlari o’zlariga berilgan topshiriqni yorug’ yuz bilan ado etib kelishmoqda.

Boshqarma boshlig’ining qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Usmon Haydarovning ma’lumot berishicha, bu yil boshqarma dehqonlari tomonidan 160 gektar yer maydoniga “Krasnodar” navli bug’doy ekilib, reja bo’yicha har gektaridan 38 sentner bug’doy hosili yig’ib olinishi kerak edi. Mirishkorlarning sa’yi-harakatlari evaziga har gektaridan 52 sentnerdan bug’doy hosili olinib, jami 834 tonna g’alla topshirildi.

Tajriba sifatida 71 gektar maydonga javdari bug’doy ham ekildi. Hosil cho’g’i ham yomon bo’lmadi. Boshqarma mirishkorlari tomonidan o’z vaqtida zarur agrotexnik ishlov berish natijasida reja 101%ga uddalanib, 134 tonna javdari bug’doy olindi. Ushbu bug’doy uni asosida boshqarmaning non mahsulotlari ishlab chiqarish sexida qolipli non tayyorlanadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech