Rossiya Uralmashzavodi OKMKning Mis boyitish fabrikasini modernizatsiya qilish bo’yicha shartnomani imzoladi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Rossiyaning Uralmashzavodi (UZTM-Ural og’ir mashinasozlik zavodi) bosh boyitish fabrikasida modernizatsiyalashni amalga oshirish borasida bitimni imzoladi.
Kompaniyalar o’rtasida imzolangan shartnoma(bitim-kontrakt)ga asosan “Uralmashzavod” mis boyitish fabrikasining barcha texnologik liniyalarini zamonaviy muhandislik yechimlari bilan uyg’unlashgan yangi yuqori quvvatli va samarador qurilma(uskuna, jihoz)larga to’liq almashtiradi. Jumladan, bu yerda po’latlarning ancha yuqori bardoshli markalari, yangi materiallar va yanchish kameralarining maxsus profil(ko’rinish)lari qo’llaniladi, boshqaruv va nazoratning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etiladi.
"Biz SFI Management va OKMK rahbariyatidan fabrikani modernizatsiya qilish loyihasi masalasi yechimini topishiga konstruktiv yondoshuvi uchun bag’oyat minnatdormiz. SFI Management barcha variantlarni jiddiy ko’rib chiqqan holda optimal qaror qabul qildi: unga ko’ra, minimal sarf-xarajatlar va qisqa muddatlarda Mis boyitish fabrikasini mukammal kompleksli rekonstruksiya qilish amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiyalar qisqa muddatlarda asosiy vazifalar - oqlab bo’lmaydigan turib qolishlarni qisqartirish va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini oshirishni hal qilish imkonini beradi”- deya ta’kidlab o’tadi "UZTM-Karteks" boshqaruv kompaniyasining bosh direktori Yan Senter.
Shartnoma doirasida bir yil ichida jami 20 to’liq avtomatlashtirilgan yanchish komplekslari, 30ta g’alvir va 2ta sharli tegirmonlar yetkazib beriladi. Ishlab chiqarishni qayta jihozlash barcha bo’g’inlarda energiya sarf-harajatlarini, mehnat sarfini keskin kamaytiradi, mahsulot sifati va ish samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib kombinatda ikkita Mis boyitish fabrikasi faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur korxonalar tomonidan Qalmoqqir va Sariq-cho’qqi kon maydonlarining sulfidli mis-molibden rudalari boyitilib, ulardan rangli metallardan tashqari qimmatbaho va nodir metallar saralab olinmoqda. Bu yerda foydalanilayotgan jihozlar ham ma’nan ham texnologik nuqtai nazardan eskirgan, ular energiya samaradorlik va solishtirma ishlab chiqarish quvvatlari bo’yicha talab qilinadigan ko’rsatkichlarni qayd etishga qodir emas. Shu sababli ham korxonani tubdan modernizatsiyalashga qaror qilindi.
Olmaliq KMK – nafaqat Respublikada balki O’rta Osiyo mintaqasidagi o’ziga xos tog’-konchilik kompleksi, rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi va tog’ jinslarini qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.
Kombinat O’zbekistondagi yagona mis ishlab chiqaruvchidir. Korxona raffinajlangan mis, metalli rux, molibden, qo’rg’oshin konsentrati va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan kumushning 90%, va oltinning 20 % ulushi OKMKga to’g’ri keladi. 2018 yilning avgust oyida korxonaning davlat ulushi SFI Management Group kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilgan.