Yangiliklar

Eng ulug’ va eng aziz bayramga hozirlik

on .

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni munosib kutib olish bo’yicha “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i ijro uchun qabul qilindi.

Buyruqqa ko’ra, Eng ulug’ va eng aziz bayramga keng hozirlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish uchun ishchi guruhi tasdiqlandi. Istiqlol shodiyonasini ko’tarinki ruhda, o’zgacha shukuh bilan kutib olish maqsadida mas’ul rahbarlar bayramni o’tkazish bo’yicha ssenariy tayyorlashi, shuningdek, kombinat korxonalarida sayyor madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish, obodonlashtirish va tozalik oyligini o’tkazish, joriy yilning 20 avgustiga qadar tarkibiy bo’linmalar hududlarini, shuningdek, korxonalarga biriktirilgan mahallalar, ko’chalarni plakatlar, shior va bannerlar bilan bezatish, korxona va sexlarda, biriktirilgan mahallalarda(belgilangan jadval bo’yicha) bayram dasturxoni yozish, ixtisoslashtirilgan muassasalarda xayriya tadbirlarini tashkil etishi belgilangan.

Buyruqda istiqlol ayyomiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish yuzasidan, shu jumladan, tadbirlarni tashkillashtirish, moddiy-texnika ta’minoti va ta’minot masalalarida transport vositalari bilan ta’minlash borasida bir qator mutassaddi rahbarlarga tegishli vazifalar yuklatilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech