http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Yangi o’quv-uslubiyot xonasi tashkil etildi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasida  mutaxassislar va ishchi-xodimlar kasb malakasini oshirish, qayta tayyorlash va o’qitish masalalariga doimo alohida e’tibor qaratib kelinadi. Boshqarma rahbariyati tashabbusi bilan yangi o’quv-uslubiyot xonasi tashkil etilib, mazkur xona zarur o’quv va uslubiyot ko’rgazmalari bilan jihozlandi.

Ushbu o’quv-uslubiyot xonasida kombinat O’quv markazi tomonidan ilk seminar-trening o’tkazildi. O’quv markazi direktori o’rinbosari Hasan Usmonov STTBning murabbiy ustozlari uchun “Interfaol mashg’ulotlarni o’tkazishni rejalashtirish” mavzuidagi slayd mashg’ulotini taqdim etdi. Kombinatning asosiy transport korxonalaridan biri bo’lgan STTBda Rashid Uzyakov, Nurali Otaboyev, Hurmatoy Norqulova, Ilyos Kazanov, Abdurazzoq Mamatov kabi malakali ustoz murabbiylar uzoq yillardan beri temiryo’lchilar kasb mahoratlari va bilimlarini oshirish ishiga munosib hissa qo’shib kelishmoqda. O’qitishning zamonaviy uslublari targ’ib etilgan o’quv seminari boshqarma mutaxassislari uchun  har tomonlama samarali bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech