Yangiliklar

Kombinatda press-tur

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bugun respublikamiz matbuoti va OAV xodimlariga mezbonlik qildi.

“Metallurg” MSda bo’lib o’tgan davra suhbatida boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, bosh muhandis Abdujalil Abduqodirov, boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Fayazovlar ishtirok etdi.

Boshqaruv raisi A.Xursanov muhtaram Prezidentimizning Olmaliqqa tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi, ishlab chiqarishda erishilayotgan yutuqlar, kombinat mehnatkashlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy qo’llab-quvvatlanayotgani, OKMKning respublikamiz ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi kabi mavzularda keng ko’lamda o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so’ng jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob  olishdi.

Davra suhbatidan so’ng, muxbirlar muhtasham “Metallurg” MS, Rossiyaning MTTU “MISiS” filialida bo’lib, ushbu muhtasham binolar, ularning zamonaviy va ilg’or jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar. Dunyoda kattaligi jihatidan yuqori o’rinlardan birida turadigan “Qalmoqqir” koni, yirik investitsion loyihalar ijrosi doirasida ochilayotgan “Yoshlik” koni, valyuta tejamkorligida mahalliylashtirish dasturi ijrosini samarali amalga oshirib kelayotgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi va o’zining 60 yilligini kutib olayotgan Issiqlik energiya markazida bo’lishgan respublika matbuot va OAV xodimlari O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnatkashlarga yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy texnologiyalarda mehnat qilayotgan yoshlar, eng e’tiborlisi, tog’ bag’rida joylashgan konlardan tortib zavod, sexlargacha obod va gulzorlar bilan burkangani, konlarda ham, sexlarda ham xushbo’y rayhonning ifori taralayotganidan hayratda ekanliklarini ta’kidlashdi.

Muxtasar aytganda, jurnalistlar o’zining 70 yillik yubileyini yorug’ yuz va munosib mehnat zafarlari bilan kutib olayotgan, 40ta millat va elatni birlashtirgan, 36 mingdan ziyod konchi-metallurg mehnat qilayotgan va mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatida o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan “Olmaliq KMK” AJ haqida yorqin taassurot bilan Press-turni yakunlashdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech