http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Milliy kinofilmlar festivali

on .

Bugun, soat 17.00da O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi va  Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yilligi oldidan kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmasi kengashi "O’zbekkino" milliy agentligi bilan hamkorlikda Milliy kinofilmlar festivalini boshlandi.

23-24 avgust kunlari “Metallurg” MSda bo’lib o’tadigan ushbu milliy kino festivaliga el ardog’idagi aktyor va aktrisalar tashrif buyurishdi.

Sahnaga ushbu festival tashkilotchisi bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan vakil Ijtimoiy masalalar bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari U.N.Fayazov va "O’zbekkino" milliy agentligi bosh direktori o’rinbosari N.J.Mahmudovlar taklif etildi. Ma’ruzachilar, buyuk va muqaddas Mustaqilligimizning 28 yilligi oldidan o’tkazilayotgan ushbu tarixiy milliy kinofilmlar festivali olmaliqliklarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitib, ularni vatanga muhabbati, istiqlolga sadoqatini yanada oshiradi. Va ushbu festival olmaliqliklarga istiqlololdi tuhfasi hamdir, deya festivalni rasman ochdilar.

Shundan so’ng sahnaga mashhur aktyor va aktrisalar Xayrulla Sa’diyev,  Muqaddas Holiqova, Matyoqub Matchanov,  Boir Xolmirzayev, Hoshim Arslonov, Rixsiboy Aliyev, Muyassar Berdiqulova, Xosiyat Husanova, Asal  Shodiyeva kabi el ardog’idagi san’atkorlar birin-ketin taklif etildi.

San’atkorlarning har biri so’z olar ekan, ular eng avvalo yurtdagi tinchlik, elimiz farovonligi, muqaddas mustaqilligimiz haqida to’lqinlanib so’z aytdilar va barchani ulug’ ayyom mustaqillik bilan muborakbod etishdi.

- Men 1970 yillarda Olmaliqqa bolalar spektakli bilan tashrif buyurgan edim. Bugun bu shahar shunchalar betakror shaharga aylanibdi, havas qilasiz. Mana bu muhtasham bino – madaniyat saroyi - mo’jiza, haqiqiy saroy, - deya vatanimiz taraqqiyoti, bunyodkorliklar haqida to’lqinlanib gapirdi.

Muxlislar sevimli san’atkorlarini qarsaklar bilan olqishlab turishdi.

Chiqishlardan so’ng ilk bor ekranda “Said va Saida” kinofilmining premyerasi boshlandi.

Milliy kinofilmlar festivali ertaga, 24 avgust kuni ham davom etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech