http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Issiqlik elektr markazi 60 yoshda

on .

“Zafar” to’yxonasida “Olmaliq KMK” AJ Issiqlik elektr markazining 60 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi.

Tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Azim Mirzajonov IEM jamoasining qutlug’ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so’ng, IEMning bir guruh ilg’or ishchi-xodimlari turli darajadagi “Konchilik sharafi” ko’krak nishoni hamda kombinat rahbariyati va kombinat xodimlari Kasaba uyushmasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirning badiiy qismida “Metallurg” Ms ijodiy guruhlarining jozibali raqslari namoyish etildi. Ayniqsa so’z ustasi Boltaboy Toshmatovning ichakuzdi hangomalari barchaga xushkayfiyat bag’ishlagan bo’lsa, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Guli Asalxo’jayevaning sho’x-shodon qo’shiqlari IEM mehnat jamoasini raqsga chorladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech