http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Olmaliqliklarga istiqlol tuhfasi

on .

28 avgust mamlakatimizda birinchi korporativ telekanal o’z faoliyatini boshladi. Xususan, OKMK va “SFI Management Group” kompaniyasining qo’llab-quvvatlashi ostida tarixiy voqelikka qo’l urilib, Mustaqillikning 28 yilligi oldidan hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yillik yubileyi arafasida “OKMK TV” telekanali ishga tushdi!

Eng zamonaviy telejihozlar bilan ta’minlangan telekanal endilikda o’z ko’rsatuvlarini 18 soat davomida efirga uzatadi. Olmaliqliklarga Istiqlol tuhfasi sifatida tarix zarvaraqlariga muhrlanadigan “OKMK TV” Toshkent viloyatidagi yagona telekanaldir.

“OKMK TV” ijodiy jamoasini mana shu tarixiy voqelik bilan muborakbod etamiz! Ularga ijodiy parvoz va sihat-salomatlik hamroh bo’lsin!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech