http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

OKMKning 70 yilligiga hozirlik: Har birimiz dahldormiz

on .

Bugun ijro apparati majlislar zalida “OKMKning 70 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish” masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda kombinat kon va korxona rahbarlarining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari, kasaba uyushmasi qo’mitasi va yoshlar ittifoqi raislari ishtirok etdi. Yig’ilishda kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi raisi A.J.Haydarov va Yoshlar Ittifoqi raisi B.A.Salimovlar qatnashdi.

Yig’ilishni Ijtimoiy masalalar bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari U.N.Fayazov olib bordi.

Kombinat buyrug’i asosidagi chora-tadbirlarga ko’ra, shahar ko’chalari, mahallalar va biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish va orastalik ishlarini keng ko’lamda davom ettirish, ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga ishlov berib, qurigan shox-shabbalarni olib tashlash, stolbalar, devorlar va boshqa tegishli bo’lmagan joylarga yopishtirilgan turli reklama va e’lon varaqlarini bartaraf etish vazifasi topshirildi. U.N.Fayazov, har bir ob’ektda 70 yillikka xos – gulzor yaratish yo o’zgacha shaklda chamanzor tashkil etish yoxud yana boshqa estetik zavq beruvchi o’ziga xos “iz” qoldirish darkorligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, obodonlashtirish va orastalik ishlariga jalb etilayotgan ishchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, dorixona va tushlik masalalarida muammo bo’lmasligi, dam olish kunlarida ishlaganlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqlari to’lanishi aytib o’tildi.

- Xalqimizda shunday an’ana bor - to’ylar, katta shodiyonalar oldidan avval hamma joy tozalanib, ta’mirlanib, orasta qilinadi va keyin mehmon kutiladi. O’zining 70 yilligini nishonlayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar keladi. Obodonlashtirish, orastalik ishlarimiz hamda ishlab chiqarishdagi yutuqlarimiz siz-u bizning hayotimiz, taqdirimiz bo’lgan jonajon kombinatimizning 70 yillik to’yiga kichik tuhfamiz bo’ladi, - dedi U.N.Fayazov.

Darhaqiqat, OKMK – shu yerda mehnat qilayotgan va shuning ortidan oilasi farovonligini ta’minlayotgan har bir ishchi-xodimning katta bir uyi. Demak, uyimiz, xonadonimizda hademay katta to’y – yubiley bo’lib o’tadi. Ana shu to’yga to’yona sifatida – obodonlashtirish va orastalik ishlarida faol bo’lib, unga munosib mehnat yutuqlarimizni armug’on etaylik. Zero, unga har birimiz dahldormiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech