http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yangiliklar

Kasanachilar manfaati doimo ustuvor

on .

Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish borasida mamlakatimizda bundan bir necha yillar oldin boshlangan harakatlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan samimiy qarshi olingan.

Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli Kasanachilik mehnatini tashkil qilish sexi tomonidan 26 ta faoliyat turi bo’yicha bugunga kelib 432 nafar kasanachi bilan manfaatli mehnat shartnomalari imzolangan.

Kasanachi mehnat funksiyalarini to’laqonli amalga oshirilishi uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish bilan bir qatorda ularni ijtimoiy sug’urta qilish va ijtimoiy himoya qilish borasida yo’lga qo’yilgan ishlar kutilgan samarani bermoqda. Samarqand Jovkanov rahbarlik qilib kelayotgan kombinat kasanachilari tomonidan o’tgan 2018 yilda 4289,5 mln. so’mlik (qariyib 4,3 milliard so’mga yaqin talabgir iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Kuni kecha ushbu jamoada mustaqillik bayrami munosabati bilan 28 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj kasanachilarga ayyom tadbiri tashkillashtirilib, ularga besh xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlamalar tuhfa etildi. Tadbirni ochar ekan boshqarma boshlig’i Elyor Haydarov, ijtimoiy mehnat bilan band bo’lmagan aholini mehnat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek shu asosda aholining ish bilan bandligi va daromadlarini oshirish, oilalar daromadlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga ko’maklashish, kasanachilikning turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish o’rinlari tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish OKMK rahbariyatining doimiy diqqat markazida ekanligini bildirib, kasanachilar mehnat faoliyatlariga zafarlar tiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech